Veolia Energy Tashkent Chilonzor tumanida tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasi bo‘ylab tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlari boshlangan.
Tamirlash ishlari davomida 10-sentabrdan 5-oktabrgacha Muqimiy ko‘chasi qisman to‘sib qo‘yiladi. Quvurlarni ko‘chirishdan tashqari (har birining diametri 700 millimetr va umumiy uzunligi 1 kilometr) zulfinlar va ba’zi uskunalar ham almashtiriladi.
Ish isteʼmolchilarga issiq suv taʼminotini cheklamasdan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, 11-15-sentabr kunlari “Toshkent IEM” (“IES” AJ filiali) rejalashtirilgan taʼmirlash ishlari doirasida Veolia Energy Tashkent kompaniyasiga issiq suv berishni to‘xtatgan.
“Shunday qilib, 11-15-sentabr kunlari Muqimiy ko‘chasida issiq suvning yo‘qligi ‘Toshkent IEM ning rejali to‘xtashi bilan bog‘liq bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
“Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raydi va belgilangan muddatlarda rejalashtirilgan ishlarni bajarish uchun o‘z tomonidan zarur choralarni ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 21-avgustdan boshlab issiq suv besh kunga o‘chirilgan edi. O‘shanda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida zulfinlarni almashtirgan.
Izoh (0)