Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 21-avgustdan boshlab issiq suv 5 kunga o‘chiriladi. Bu haqda Veolia Energy kompaniyasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Veolia Energy Tashkent kompaniyasi isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida zulfinlarni almashtirish, 2-IMning ikkilamchi elektr ta’minoti tizimini tekshirish va sozlash, jihozlarni demontaj qilish va o‘rnatish, shuningdek, qozonxonaga tutash magistral tarmoqlardagi ishlarni amalga oshiradi. Ko‘pgina ishlarni qozonxonani o‘chirmasdan amalga oshirish imkoni yo‘qligi sababli belgilangan muddatda Mirzo Ulug‘bek tumanining quyidagi manzillarida issiq suv ta’minoti bo‘lmaydi:
- Qorasuv 1, 2, 3, 4, 6, 2-Bo‘z va Feruza dahalarida;
- Do‘rmon yo‘li, Mingbuloq, T.Malik, So‘fizoda, Mirzo Ulug‘bek va Sho‘rtepa ko‘chalarida.
Issiq suv ta’minoti 26-avgust, kunning birinchi yarmida tiklanadi. Veolia Energy Tashkent MCHJ XK vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘radi va rejalashtirilgan ishlarning o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishini qayd etdi.
Izoh (0)