Professional boksning super yengil vazn toifasi (-63,5 kg) vakili Shohjahon Ergashev (23-0, 20 KO) o‘zining navbatdagi jangini AQSHda o‘tkazadi.
O‘zbekistonlik bokschi 4-noyabr kuni super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida IBF yo‘nalishi chempioni Sabriel Matiasga (19-1-0, 19KO) qarshi ringga ko‘tariladi.
Jang AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, ESPN nashri mazkur jangning 14 oktyabr kuni o'tkazilishi haqida xabar tarqatgan edi.
Ergashev so‘nggi jangini 2022-yil avgust oyida Meksika vakili Anxel Martinesga qarshi jang qilib, g‘alaba qozongandi.
Izoh (0)