AQShdagi Kaliforniya universiteti olimlari Disney malikalari bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgandi. Ularning tadqiqot natijalari Psychology of Popular Media jurnalida chop etilgan.
Tadqiqotda asosiy e’tibor multfilm qahramonlari tanasining o‘lchamiga qaratilgan. Uch yoshdan to‘rt yoshgacha bo‘lgan 320 nafar qizning ota-onalari olimlarga ularning sevimli qahramonlari haqida ma’lumot bergan va farzandining o‘ziga bo‘lgan ishonchi qay darajada ekani, tengdoshlari bilan muloqot qilish chastotasi haqidagi savollarga javob berib, anketa to‘ldirgan. So‘ngra Disney’ning 61 ta multfilmlaridagi malika parametrlari o‘rganilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, agar bolaning sevimli qahramoni o‘rtacha tana hajmiga ega bo‘lsa, u o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori va xushmuomala malika bo‘lgan. Salbiy qahramonlarda bunday belgilar kuzatilmagan.
Inson tanasiga o‘xshash tanaga ega malikalarni yaxshi ko‘rgan bolalarning (masalan, Moana yoki Merida) o‘ziga ishonchi yuqori darajada bo‘lgan. Aksincha, sevimli malikasi o‘ta nozik tanaga ega bo‘lgan bolalarda (masalan, Aurora, Zolushka) o‘ziga bo‘lgan ishonchida umuman o‘zgarish bo‘lmagan. Bu nozik malikalar bolalarning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, degan fikrni rad etadi.
Bolalar orasida eng mashhur malika “Muzyurak”dagi Elza (52,65 foiz ovoz to‘plagan) bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinda esa “Moana” multfilmidagi Moana qahramoni (20,88 foiz ) egallagan.
Izoh (0)