Turkiyaning Istanbul shahrida qurolli otishma oqibatida o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2-sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida ikki jinoiy guruh o‘rtasida qurolli otishma sodir bo‘lgan. Bu vaqtda voqea joyiga yaqin yerda mehnat faoliyatini olib borayotgan 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi asli samarqandlik N.Z. ham og‘ir yaralangan va shifoxonaga olib ketilgan.
Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan N.Z vafot etgan. Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlab, ularga nisbatan tergov harakatlarini boshlagan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tezkor ravishda fuqaroning jasadini Istanbul aeroportidan Samarqand viloyatiga yuborish uchun uning yaqinlariga amaliy yordam ko‘rsatdi.
Izoh (0)