Toshkent shahrining ayrim hududlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 4-sentabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Yunusobod tumani — “Sobirobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumani — “Yangi Avayxon” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
Avvalroq O‘zbekiston Energetika vazirligi aholiga murojaat bilan chiqib, elektr energiyasini tejashning antiqa usulini ma’lum qilgandi. Vazirlikka ko‘ra, elektr energiyasini tejash uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda pastroq haroratda kir yuvishga harakat qilish kerak.
Izoh (0)