• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya va Belarus elchilarining Nobel ziyofatiga taklif qilinishi janjalga sabab bo‘ldi. Taklifnomalar qaytarib olindi

    Nobel fondi rahbariyati Nobel mukofotlarini topshirish munosabati bilan yil oxirida Stokgolmda o‘tkaziladigan ziyofatga Rossiya, Belarus va Eron elchilariga yuborilgan taklifnomalarini qaytarib oldi.

    2022-yilgi Nobel ziyofati, unda Rossiya qatnashmagan.
    Foto: AFP

    Tashkilot bayonotida aytilishicha, ushbu davlatlar vakillarini marosimga taklif etish qarori jamoatchilikning keskin munosabatiga sabab bo‘lgan.

    1-sentabr kuni fond boshqa davlatlar qatorida Rossiya, Belarus va Eronga taklifnomalar yuborilganini e’lon qilganidan so‘ng, bu Ukrainada keskin tanqidga uchradi, Shvetsiyada esa kamida uchta siyosiy partiya rahbarlari, agar yuqoridagi mamlakatlar elchilaridan taklifnoma qaytarib olinmasa, ziyofatni boykot qilishini aytdi.

    Shuningdek, Rossiya, Belarus va Eron elchilarining har yili o‘tkaziladigan Shvetsiya qiroli ziyofatiga kelishi ham savol ostida.

    Shvetsiya qirollik oilasi vakillari taklifni hayratlanarli, deb atadi va qirol bunday mehmonlar bilan bir tadbirda bo‘lish qanchalik maqsadga muvofiq ekani haqida o‘ylab ko‘rishini qo‘shimcha qilishdi.

    Ukraina taklifnomalar qaytarib olinishini olqishladi

    Nobel fondi uch davlatga berilgan taklifnomalar bekor qilinganini e’lon qilganida, Ukraina Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili bu qarorni insonparvarlik g‘alabasi deb atadi.

    Shu bilan birga, Tinchlik uchun Nobel mukofoti beriladigan Norvegiyada barcha elchilarga, shu jumladan Rossiya elchilariga taklifnomalar hamon o‘z kuchida qolmoqda, deyiladi Nobel fondi bayonotida.

    Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Norvegiyani Shvetsiyadan o‘rnak olishga chaqirdi.

    Mojaro qanday boshlandi?

    An’anaga ko‘ra, Shvetsiya va Norvegiya o‘zining diplomatik vakolatxonalari bo‘lgan barcha mamlakatlar vakillarini Nobel mukofotlarini nishonlash uchun ziyofatga taklif qiladi, biroq o‘tgan yili Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi va uning Belarus tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, shuningdek, Eronda hukumatga qarshi namoyishlarning shafqatsizlarcha bostirilishi tufayli bu uch davlat ziyofatga taklif qilinmadi.

    Bu yil tashkilotchilar ushbu davlatlarni taklif qilmoqchi bo‘ldi, fond, hatto, Nobel mukofoti qadriyatlarini baham ko‘rmaydiganlarni ham muloqotga jalb qilishga intilayotganini bildirdi.

    Nobel fondi ijrochi direktori Vidar Xelgesen ushbu uch davlatni qayta taklif qilish qarorini shunday izohladi:

    “Ochig‘i, dunyo borgan sari turli qarashdagi odamlar o‘rtasida muloqot torayib borayotgan qismlarga bo‘linib ketyapti. Ushbu tendensiyaga qarshi turish uchun, Nobel mukofotini nishonlash va erkin fan, erkin madaniyat hamda erkin, tinch jamiyatlarning ahamiyatini tushunish uchun biz hozir taklifnomalarimizni kengaytirmoqdamiz”.

    Ammo jamiyatning reaksiyasi, kutilgandek, nihoyatda keskin bo‘ldi. Shvetsiyalik liberal deputat Karin Karlsbro fondni xavfli pretsedent yaratishda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, fond “Ukraina madaniyat markazlariga raketa tashlab, bolalarni o‘ldirgani uchun Rossiyani jozibali ziyofatga taklif qilishga yashil chiroq yoqqan”.

    Shvetsiya jamoat radiosiga bergan izohida u Rossiya, Belarus va Eronni “o‘z fuqarolariga zulm qilayotgan, o‘z xalqi va qo‘shni davlatlarga qarshi urush va terror olib borayotgan” razil davlatlar deb atadi.

    02.09.2023, 21:30   Izoh (0)   15146
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada Nobel mukofoti sohibi Dmitriy Muratov xorijiy agentlar reyestriga kiritildi

    02.09.2023, 09:50

    Rossiya qo‘shinlari minalangan maydonlarga o‘t qo‘yishni boshladi — NYT

    02.09.2023, 20:50

    Belgorodga Ukraina dronlari hujum qildi, bir kishi halok bo‘ldi

    02.09.2023, 20:25

    Isroilda eritreyalik muhojirlar politsiya bilan to‘qnashdi, 100 dan ortiq odam jarohatlandi (video)

    02.09.2023, 19:23

    Hindiston Quyoshni o‘rganish uchun koinotga stansiya uchirdi (video)

    02.09.2023, 17:55

    Singapurda yangi prezident saylandi 

    02.09.2023, 17:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.