Joriy yilning 1-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “MuhammadYusuf bolajonlari” bog‘chasidagi tarbiyachi bolalarni urayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holatga munosabat bildirdi.
“Mazkur holat darhaqiqat Andijon viloyati Marhamat tumanidagi ‘MuhammadYusuf bolajonlari’ nodavlat ta’lim tashkilotida sodir bo‘lib, ushbu holatga yo‘l qo‘ygan ta’lim tashkiloti tarbiyachisi egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi munosabatda.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lib, ta’lim tizimi imijiga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi holatni yuzaga keltirgani uchun maktab rahbariyatiga belgilangan tartibda intizomiy chora qo‘llangan.
Izoh (0)