Kilian Mbappe “PSJ” bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin.
Jurnalist Marko Konterioning xabar berishicha, Kilian jamoa bilan shartnomani 2026-yilga qadar uzaytiradi.
Shartnomaga ko‘ra, Mbappe klubni 2024-yil yozida tark etishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi yangi mavsum oldidan shartnomani uzaytirmagani bois, klub uni mavsumoldi turnedan chetlatgandi. Biroq keyinchalik fransuz tarkibga qaytarildi va chempionatning 2 o‘yinida ishtirok etib, 3 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)