“PSJ” Kilian Mbappeni kompensatsiyasiz qo‘yib yubormaydigan bo‘ldi.
The Times nashrining xabariga ko‘ra, tomonlar futbolchining boshqa klubiga o‘tganida pul olishi borasida kelishuvga erishgan. Klub prezidenti bilan Mbappening bir necha bor og‘zaki suhbatidan so‘ng, bunday kelishuv amalga oshgan.
Qayd etilishicha, Kilian Mbappe “PSJ” bilan uzoq yillik shartnoma imzolaydi. Biroq, shartnoma bandida transfer qilinish kafolati ham qo‘shiladi. Agar bu amalga oshmasa, Kilian 2022-yilda olishi lozim bo‘lgan 100 million yevrodan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.
Mbappe al-Helayfiga yangi murabbiy (Luis Enrike) qo‘l ostida ishlashga va “PSJ” bilan birga Chempionlar Ligasida zafar quchishga va’da bergan.
Izoh (0)