Toshkent viloyati va shahrida 4 ta holatda 526 mln 514 ming so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda “Hududgazta’minot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati va shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Xususan:
Yuqori Chirchiq tumani, “Nurli zamin” MFYda joylashgan “Q.S” MCHJ gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 480 mln 798,1 ming so‘m (728 ming 482 metr kub);
Zangiota tumanida joylashgan “M.M” MCHJ gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 19 mln 958,4 ming so‘m (30 ming 240 metr kub);
Zangiota tumanida joylashgan “P.M” MCHJ gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 9 mln 720 ming so‘m (9 ming 720 metr kub);
Sergeli tumani “O‘zgarish” MFYda joylashgan “I.SH” xususiy shirkati gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 16 mln 38 ming so‘m (24 ming 300 metr kub) miqdorida zarar yetkazgani aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur 4 ta holatda davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 526 mln 514,5 ming so‘m (792 ming 742 metr kub tabiiy gaz)ni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun: ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda qariyb 4 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga tengdir.
Hozirgi vaqtda aniqlangan holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)