• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sinovli davrdan o‘tdik” — O‘zbekistonda koronavirus birinchi bo‘lib aniqlangan Nigora Murotova xotiralari

    Tadbirkor Nigora Murotova “Daryo” muxbiri bilan suhbatda koronavirus ilk bor O‘zbekistonga kirib kelgan paytda boshidan o‘tgan sinovlarni qanday qilib yengganini esladi.

    Tadbirkor Nigora Murotova 20-avgust —Tadbirkorlar kuni munosabati bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Bu natijaga erishguncha u ko‘plab sinovlardan o‘tganini aytadi. Xususan, 2020-yilning 15-mart kuni Nigora Murotovada respublikada ilk bor koronavirus qayd etilgandi. Mazkur hodisa aholida biroz vahima uyg‘otgan, hattoki koronavirus O‘zbekistonda tarqalishiga Nigora Murotovani sababchi qilib ko‘rsatishga uringanlar ham bo‘lgan. Tadbirkor o‘sha davrdagi intervyularidan birida ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratlar dilini og‘ritganini aytgandi.

    “Meni nafaqat koronavirus kasalligi, balki shunday maʼnaviyati past odamlarning haqoratlari juda qiynadi, soatlab uzluksiz yig‘lashga majbur qildi. Axir men kasallikni ataylab olib kelmaganman-ku, birinchi navbatda oilamga, jigarlarimga o‘zim yuqtirmayman-ku! Pandemiya bu, aybdor qidirishning o‘zi mantiqsizlik”, —deya fikr bildirgan u.
    Nigora Murotova
    Foto: “Daryo”

    Tadbirkor “Daryo” muxbiri bilan suhbatda shunday og‘ir vaziyatdan qanday chiqqani, pandemiyaning o‘z faoliyatiga taʼsiri haqida gapirdi.

    “Inson hayotda ko‘p sinovlarga duch keladi. Qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazadi. Bu sinovlar, albatta, unga tayyor bo‘lgan, u sinovlardan o‘ta oladigan insonlarga berilarkan. Bu haqda eslashni ham, gapirishni ham xohlamayman. Lekin bir gapni aytmoqchiman, qalbimizda borini ‘kommentariy’da ko‘rsatamiz, qalbimizda borini insonlarga tarqatamiz. Qalbimizda samimiyat, oqko‘ngillik bo‘lsa, biz atrofimizdagilarga shu energiyani beramiz. Qalbimizda kirlik, manmansirash va kibr bo‘lsa, kimdir yiqilgan davrda uni tepkilaymiz, ustidan kulamiz. Internetda tanqidiy yozilgan fikrlar yonida, dalda beradigan gaplar aytgan tanish va notanish insonlarning ko‘pligi menga kuch berdi”, — dedi tadbirkor.

    Nigora Murotova koronavirusdan davolangach, oradan 52 kun o‘tib ish faoliyatini boshlaganini esladi.

    “U paytda bizning davlatga yordamimiz kerak edi. Koronavirus o‘sha yili yozda avjiga chiqqandi. Biz hech qanaqa gina-kudurat qilmasdan, o‘zimizda kuch topib fuqarolarimizga juda ham ko‘p yordam berdik. O‘sha paytda bemorlarni koridorlargacha yotqizishga majbur bo‘lganmiz. Yotoqlarimiz shu darajada to‘lib ketgandi. Chunki bizdan Sog‘liqni saqlash vazirligi iltimos qilgandi. Davlat kasalxonalari bu ‘nagruzka’ni ko‘tara olmayotgandi, shuning uchun xususiy sektorga ham bemorlarni davolash imkoniyati berilgan. Mana, pandemiya ham o‘tdi. Shu fursatdan foydalanib jamoamiz shifokorlariga rahmat aytaman. Ularning sinovli kunlarda qo‘llaganini qadrlayman”, —dedi tadbirkor.

    Ma’lumot uchun, 2023-yil mayda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus dunyoda Covid-19 pandemiyasi tugagani haqida xabar bergan.

    “2020-yildan buyon rasman 7 millionga yaqin kishi Covid-19 oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Ammo real raqamlar bundan ancha yuqori. Biz kamida 20 million o‘lim holatini nazarda tutyapmiz”, — degan Gebreyesus.

    Eslatib o‘tamiz, JSST tomonidan 2020-yil 30-yanvarda koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan dastlab favqulodda holat, o‘sha yil 11-mart sanasida esa pandemiya eʼlon qilingan.

    24.08.2023, 19:43   Izoh (0)   12757
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda salkam 3 kg giyohvand modda saqlab kelgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    24.08.2023, 19:25

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandda qurilayotgan savdo, sanoat va servis majmuasining qurilish maydonida bo‘ldi

    24.08.2023, 18:09

    Toshkent shahrida yetti oy davomida qancha chaqaloq tug‘ilgan ma’lum bo‘ldi

    24.08.2023, 17:56

    Toshkentda metro poyezdlari oraliq vaqti qisqartirilib, avtobuslar soni oshiriladi

    24.08.2023, 17:35

    Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi institutda professor-o‘qituvchilar bilan muloqot qildi (foto)

    24.08.2023, 17:29

    Toshkentdagi maktabga “Barbi” filmidagi aktyor nomi berilgani haqida xabarlar tarqaldi

    24.08.2023, 17:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.