Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida salkam 3 kg giyohvand modda saqlab kelgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, holat Qashqadaryo viloyatidagi huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2023” tadbirida fosh etilgan.
Aniqlanishicha, Kitob tumanining “Hamid Olimjon” mahallasida yashovchi 49 yoshli fuqaro B.M.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, uyidan 2 kg 700 gr miqdoridagi marixuana giyohvandlik moddasi topildi. Shuningdek, fuqaro o‘z xonadonida 5 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligini ham parvarishlab kelayotgani aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Kitob tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 270 va 25,273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)