• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun yangi qadamlar tashlanmoqda — Daily Sabah

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi xorijiy matbuot qiziqishini uyg‘otdi. Xususan, Turkiyaning Daily Sabah nashri uchrashuv tafsilotlari haqida maqola chop etdi. “Daryo” uni o‘zbek tiliga o‘girdi.

    Foto: Getty Images

    Shavkat Mirziyoyev o‘z murojaatida o‘zbek ishbilarmonlari turli mojarolar tufayli logistika va ta’minot zanjiridagi uzilishlar, yuqori global inflyatsiya sabab hamkor mamlakatlardagi valyuta devalvatsiyasi, moliyaviy resurslar narxining oshishi kabi omillar bilan kurashishga majbur bo‘lganini ta’kidladi.

    “Kamchiliklarimizdan to‘g‘ri saboq olib, olg‘a intilsak, mehnatsevar va tashabbuskor xalqimiz har qanday qiyinchilikni, shubhasiz, yengib o‘tishiga ishonaman”, – deydi davlat rahbari.

    Uning ta’kidlashicha, bunday murakkab vaziyatda muammolar haqida bevosita biznes vakillarining o‘zidan eshitish va birgalikda yechim topish eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi.

    Prezident aytganidek, O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘rta biznes muhim o‘rin tutadi, biroq ular uchun hozirgi sharoit yetarli emas. Shu bois kichik biznesdan o‘rta biznesga o‘tishga intilayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi yondashuvlar amalga oshiriladi.

    Joriy yilda O‘zbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan ochiq muloqot chog‘ida kelib tushgan takliflar asosida ishlab chiqilgan va mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

    Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalarining faoliyat usullarini sezilarli darajada qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

    Endilikda Tadbirkorlik jamg‘armasi xizmat ko‘rsatish, ekologik va energiyani tejash loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi esa sanoat loyihalarini nazorat qilish uchun javobgar bo‘ladi. Mablag‘larni boshqarish uchun chet ellik malakali menejerlar taklif qilinadi.

    Bundan tashqari, jamg‘armalar budjet mablag‘laridan tashqari mustaqil investitsiyalarni jalb qilish huquqiga ega.

    Prognozlarga ko‘ra, bunday mablag‘lar orqali jamg‘armalar kelgusi yilda o‘rta biznesni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha 1 milliard dollar to‘play oladi. Har bir hududda kamida uchtadan yangi sanoat zonalari tashkil etiladi. Sanoat ipoteka tizimi joriy etiladi, tadbirkorlar uchun “tayyor korxonalar” ko‘rinishidagi ishlab chiqarish maydonlari barpo etiladi. Sanoat zonalarida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, investitsiya majburiyatlari bajarilgandan so‘ng yer uchastkalarini xususiylashtirish boshlanadi.

    O‘tgan yetti yilda tadbirkorlik O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi, deb ta’kidladi turk nashri. Hukumat tomonidan imtiyozlar joriy etilib, kichikdan to yirikkacha barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratilib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

    O‘z navbatida, O‘zbekistonda biznesni rivojlantirishning kelgusi qadamlarini belgilab beruvchi yillik tadbirlardan biri — prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidir. Bu tadbirlar biznes vakillariga o‘z taklif va mulohazalari bilan o‘rtoqlashish imkonini beradi: ularning ovozi, shubhasiz, eshitiladi.

    Kichik va o‘rta biznes uchun yangi imkoniyatlar

    O‘zbekistonda kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun keng qamrovli ekotizim yaratiladi. Shu maqsadda “Qishloq qurilish bank”  Business Development Bank’ga aylantiriladi.

    Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bankning faoliyati ham, ishlash usullari ham, jumladan, moliyalashtirish mexanizmlari ham jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi. Xususan, har bir hududdagi bank huzurida kichik biznes markazi tashkil etiladi. Mazkur markazlar tadbirkorlar tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan biznes loyihalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

    Ular yangi loyihalarni amalga oshirishga intilayotgan tadbirkorlarni mustaqil ravishda o‘qitish, zarur mutaxassislarni jalb etish, buxgalteriya hisobi, soliq, audit, marketing, yuridik va boshqa maslahat xizmatlarini taklif etadi. Markazlar yangi korxonalarga zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish, xodimlarning malakasini oshirish, mahsulotlarini samarali yo‘lga qo‘yishda yordam beradi, deb ma’lum qildi Mirziyoyev.

    Prezident o‘z nutqida yuqorida aytilgan jamg‘armalarga mustaqil ravishda investitsiyalarni jalb qilish huquqi berilganini ta’kidladi. Ushbu jamg‘armalar kelgusi yilda o‘rta biznes uchun qo‘shimcha 1 milliard dollar sarmoya jalb etishni maqsad qilgan.

    Eksportni kengaytirishning muhim imkoniyatlaridan biri O‘zbekistonga nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilishdir. Prezidentning ko‘rsatmasidan so‘ng ishchi guruh Ispaniya, Germaniya, Polsha va Turkiyaning yirik brendlari bilan muzokaralar olib bordi.

    Mahalliy korxonalarga sarmoya kiritish va buyurtma berishni osonlashtirish uchun ularni tashvishga soladigan uchta muhim masala hal qilinadi: ishlab chiqarish uchun xalqaro standartlar, ekologik va sertifikatlashtirish talablari amalga oshiriladi. Tegishli mehnat sharoitlari yaratiladi, taniqli brendlar mahsulotlarini olib kirish va olib chiqishda qulay bojxona rejimi joriy etiladi, deb maqolasini yakunlagan Daily Sabah.

    24.08.2023, 17:10   Izoh (0)   6937
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    10 milliard dollarlik sarmoya: O‘zbekiston xorijiy investorlar uchun qanchalik jozibali?

    23.08.2023, 18:47

    BRICS tarkibiga yana oltita davlat qo‘shilishi kutilmoqda

    24.08.2023, 16:23

    “Katta urushda kichkina ishlar bo‘lmaydi”. Zelenskiy Mustaqillik kuni bilan ukrainaliklarga murojaat qildi

    24.08.2023, 15:32

    Norozilik ramziga aylangan talaba: tanklar kolonnasiga bir o‘zi qarshi chiqqan “Noma’lum isyonchi” tarixi

    24.08.2023, 14:56

    “Lukashenko siyosiy mahbuslar hayoti uchun javobgar” — Germaniya prezidenti

    24.08.2023, 13:57

    Prigojinning samolyoti urib tushirildimi yoki bortda bomba bo‘lganmi? Asosiy taxminlar

    24.08.2023, 13:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.