O‘zbekistonda 4-sentabrdan metro bekatlariga yaqin 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti ma’lum qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahar metropolitenida yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy ta’lim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi. 2023-yil 4-sentabrdan yuqoridagi 31 ta oliy ta’lim maskani talabalari o‘zgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.
Izoh (0)