“Tolibon” harakati ISHID terrorchilik guruhi safidagi O‘zbekiston fuqarosini yo‘q qildi. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-08-15_17-54-43.jpg)
Afg‘onistonning Bagram shahrida olib borilgan operatsiyada ISHIDning ikki nafar a’zosi yo‘q qilingan va ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan:
- Najib taxallusli — Qunduz viloyatida tug‘ilgan, Nimrozdagi terrorchilik guruhini boshqargan.
- Anas taxallusli — O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, teraktlarni rejalashtirishda ishtirok etgan.
Ularning har ikkalasi Kobulda teraktlar tayyorlashni rejalashtirgan. Shuningdek, Mozori Sharifda ISHID safidagi Tojikiston fuqarosi hibsga olingani aytilmoqda. U Balx va Qunduzda teraktlar tayyorlayotgan bo‘lgan.
ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)