Ozarbayjon Kaspiy dengiz transporti kompaniyasi (ASCO) Kaspiy dengizining Turkmaniston sektorida neft quvurini yotqizish ishlarini yakunladi.
“Suleyman Vezirov” quvur yotqizuvchi kema Dragon Oil (BAA) tomonidan ishlab chiqilayotgan Lam va Jdanov konlari o‘rtasida 5 kilometr uzunlikdagi suv osti quvurini yotqizdi.
Dragon Oil 2000-yildan beri Kaspiy dengizining Turkmaniston sektorida mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim doirasida faoliyat yuritib kelmoqda.
Turkmaniston neft-gaz sohasidagi manbalarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, kompaniya turkman loyihasiga 8 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan va o‘tgan yili shartnoma muddatini 2035-yilgacha uzaytirgan.
Aziz Boyarov
Izoh (0)