Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Shahlo Zoirova turmush o‘rtog‘idan Louis Vuitton brendiga oid qimmatbaho sovg‘alar oldi. Brendning aksessuarlariga aktrisa ismining bosh harfi ham tushirib berildi.
Tohir Sodiqovning ikkinchi qizi Asal sahifasiga oilaviy surat joyladi.
![](/static/2023/Sevara/photo_2023-08-08_21-30-40.jpg)
Taniqli aktyor Muhammadiso Abdulxairov ikkinchi marta nevarali bo‘ldi.
Xonanda Kaniza ilk marta qizi Aisha bilan sayohatga chiqdi.
![](/static/2023/Sevara/photo_2023-08-08_21-30-52.jpg)
“Havas” guruhi yakkaxoni Qahramon G‘ulomjonov oila a’zolariga umra yo‘llanmasini sovg‘a qilib, ularning xursandchiligiga sabab bo‘ldi.
“Ummon” guruhi xonandasi Zohid Risqiyev rafiqasi bilan ko‘rinish berdi.
![](/static/2023/Sevara/photo_2023-08-08_21-31-06.jpg)
Shahzoda Muhammedova Eyfel minorasi oldida tushgan suratini “Parij — har doim yaxshi g‘oya” deya izohladi.
![](/static/2023/Sevara/photo_2023-08-08_21-30-35.jpg)
Xonanda Lola “Chorsu” bozoriga tushdi hamda u yerda fotosessiya uyushtirdi.
![](/static/2023/Sevara/photo_2023-08-08_21-30-48.jpg)
Feruza Normatova partnyori Shahzod Sultonov bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qildi.
Aktrisa Gulruh Pirnazarova kuzatuvchilarini orzular sari intilishdan to‘xtamaslikka chorladi.
![](/static/2023/Sevara/photo_2023-08-08_21-31-01.jpg)
Munisa Rizayeva kuzatuvchilariga qaynonasi va qaynukasini ko‘rsatdi hamda ular bilan mini-intervyu tashkillashtirdi.