Daryo

O‘zbekistonga besh oyda qancha turist kelgani ma’lum bo‘ldi 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 248,2 ming nafarga oshgan

1 daqiqa o‘qish10 831 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonga 2024-yilning yanvar-may oylarida 2,8 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 248,2 ming nafarga yoki 9,6 foizga oshgan. 2024-yilning 5 oyida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

  • Tojikiston – 871,5 ming nafar;
  • Qirg‘iziston – 857 ming nafar;
  • Qozog‘iston – 498,2 ming nafar;
  • Rossiya – 289,6 ming nafar;
  • Turkmaniston – 53,8 ming nafar;
  • Turkiya – 42,1 ming nafar;
  • Hindiston – 23,2 ming nafar;
  • Xitoy – 22,8 ming nafar;
  • Italiya – 15,3 ming nafar;
  • Janubiy Koreya – 15,1 ming nafar;
  • Boshqa davlatlar – 148,7 ming nafar.

Avvalroq O‘zbekistonga 2024-yilda mingdan ortiq britaniyalik turist yuborilishi rejalashtirilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘tgan yilning sakkiz oyi davomida mamlakatga xorijdan 4,3 million turist keldi, ulardan 1,4 milliard dollar tushum bo‘lgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar