Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik ishchi yangi qurilayotgan prezident administratsiyasi binosidan qulab tushdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
6-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 15.00 atrofida 102 xizmatiga Chingiz Aytmatov ko‘chasida qurilayotgan binoda qurilish ishlari payti ishchi yiqilib tushgani haqida qo‘ng‘iroq kelib tushgan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi direktori o‘rinbosari Yegor Borisovga ko‘ra, jabrlanuvchi 4-sonli Bishkek shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. U 1993-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi ekani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda jabrlanuvchi reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda. Holat yuzasidan tergov boshlangan, kerakli tekshiruvlar tayinlangan.
Izoh (0)