Qirg‘iziston Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga qirg‘izistonlik haydovchi kaltaklangani uchun nota yubordi. Bu haqda Orda.kz xabar berdi.
2-avgust kuni rossiyalik siyosatchi Elvira Vixareva taksi haydovchisi mashinada spirtli ichimlik ichmaslikni so‘ragani uchun yo‘lovchi tomonidan kaltaklangani aks etgan videoni e’lon qildi.
Hujum qilgan shaxs rossiyalik tadbirkor Igor Maysuradze ekani aytilmoqda. Jabrlanuvchining ismi Shamil Muratov bo‘lib, Qirg‘iziston fuqarosi hisoblanadi. Voqea Moskvada sodir bo‘lgan.
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy bayonot bergan. Unda Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy nota yuborilgani aytilgan.
Hodisa 18-iyul kuni sodir bo‘lgani aniqlangan. Dastlab jabrlanuvchi Qirg‘iziston elchixonasiga murojaat qilmagan, ammo hozir unga zarur konsullik va yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)