“PSJ” hujumchisi Neymar jamoani tark etib, “Barselona”ga qaytmoqchi.
L’Equipe nashrining xabariga ko‘ra, Neymar “PSJ” prezidenti Nossir al-Helayfiga yozgi transfer oynasi yakuniga qadar klubni tark etmoqchiligini ma’lum qilgan. Braziliyalik “ko‘k-anorranglilar” safiga qaytmoqchi.
“PSJ” mavsumoldi turnedan qaytganidan so‘ng Neymarga tarkibda o‘rin yo‘q deb hisoblamoqda va uning ketish qarorini ma’qullagan.
Shuningdek, may oyida hujumchining uyi oldida muxlislar norozilik aksiyasi o‘tkazgan. Neymar o‘zini “Barselona”dagidek xavfsiz his qilmayapti.
Avvalroq futbolchining kataloniyaliklar safiga qaytishi bosh murabbiy Xavi qarshilik ko‘rsatgandi. Ispaniyalik mutaxassis Neymar klub atmosferasini buzishi va jamoa loyihasiga mos kelmasligini ta’kidlagan.
Izoh (0)