“Nasaf” futbolchisi Husniddin Aliqulov faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradi.

Turkiyaning “Rizespor” klubi Aliqulov transferini e’lon qildi. Jamoa 24 yoshli futbolchi bilan 3+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Husniddin joriy mavsum Superliganing 12 ta o‘yinida ishtirok etib, 5 ta gol muallifiga aylangandi.
Izoh (0)