• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashishini qanday qo‘llab-quvvatlamoqda

    Iqlim o‘zgarishi allaqachon butun dunyo bo‘ylab insonlarning hayotiga ta’sir qilmoqda. The Economist Intelligence Unit (the EIU) tomonidan ishlab chiqilgan yangi asosga ko‘ra, 2050 yilga borib, iqlim o‘zgarishi tufayli global yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 3 foizga kamayadi.

    Kelajakdagi istiqbollar xavotirli va O‘zbekiston bundan mustasno emas. Markaziy Osiyoda joylashgan O‘zbekiston ikki karra dengizga chiqish imkoniyati yo‘q davlatdir. Shuning uchun u asosan qurg‘oqchil iqlimga ega bo‘lib, bu iqlim o‘zgarishining mamlakatga ta’sirini yanada kuchaytiradi.

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo kengashining ma’lumotlariga ko‘ra, asr oxiriga borib Markaziy Osiyoda harorat o‘rtacha global ko‘rsatkichdan oshishi, ekstremal iqlim hodisalari tez-tezligi va allaqachon qurib qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kamayishi kutilmoqda.

    Qishloq xo‘jaligi sohasi ham iqlim o‘zgarishiga asosiy hissa qo‘shuvchilardan biri, ham uning oqibatlaridan eng ko‘p jabr ko‘rayotgan sohadir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (UN FAO) ma’lumotlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi tizimi hozirgi vaqtda issiqxona gazlari chiqindilarining uchdan bir qismini ishlab chiqaradi va atrof-muhitga yanada kengroq salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, chorvachilik sohasi issiqxona gazlari chiqindilarining katta qismi uchun javobgardir. Boshqa tomondan, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishchilar iqlim o‘zgarishi oqibatlari oldida eng zaif bo‘lganlar qatoriga kirishadi.

    O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha yangi tadqiqot

    2022-yilda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Yevropa Ittifoqining Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va soha bilimlarini oshirish dasturi (ASK) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirildi.

    Tadqiqot uchun ularning mutaxassislari respublikaning iqlimi har xil bo‘lgan uchta hududini tanladilar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari. AquaCrop, SPHY va WEAP modellaridan foydalangan holda ular 2059 yilgacha ushbu hududlardagi asosiy ekinlar, bog‘dorchilik, chorvachilik va qishloq xo‘jaligidagi sug‘orish suvlariga to‘rtta ssenariy – o‘rtacha, issiq-quruq, iliq-nam va quruq iqlim o‘zgarishi ta’sirining prognozlarini ishlab chiqdilar.

    Ularning natijalari shuni ko‘rsatdiki,

    • 2050-yilga borib harorat 1 dan 2,5 darajaga ko‘tariladi,
    • yog‘ingarchilik miqdori +/-20% ga o‘zgaradi,
    • oylik sug‘orish uchun suv esa 20-35% ga kamayadi.
    • Kartoshka hosildorligi 2050 yilga kelib 50% gacha kamayishi mumkinligi aniqlandi.
    • Paxta, g‘alla, olma, kartoshka va pomidor hosildorligi 12-50 % ga kamayishi kutilmoqda.
    • Iliq nam ssenariysining ta’siri yumshoqroq, ammo baribir hosilning 10% pasayishini ko‘rsatdi.
    • Tabiiy yaylov va beda hosildorligi ko‘p hollarda yuqori bo‘lishi kutilmoqda, ayniqsa beda ekini iqlim o‘zgarishiga chidamli ekanligi aniqlandi.

    Shunga qaramay, Qashqadaryodagi quruq yaylovlarning hosildorligi issiq-quruq ssenariysida ham 50 foizga kamayishi mumkin. ASK Facility guruhi rahbari Adrian Nilning aytishicha, 

    “Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilayotgan ushbu maydonlarning 50% dan ortig‘i, agar oqibatlarni yumshatish yoki moslashtirish choralari ko‘rilmasa, kelgusi 20-30 yil ichida hosildorlikning sezilarli kamayishiga duch keladi.”

    Iqlim o‘zgarishini yana kun tartibiga qo‘yish

    Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasining to‘qqizta ustuvor yo‘nalishlaridan biri “Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash” deb belgilangan. Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha harakat qilish zarurligini e’tirof etgan Yevropa Ittifoqi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni o‘zining ustuvor vazifasi qilib belgilagan. Masalan, yaqinda qabul qilingan Yevropa Yashil kelishuvining maqsadlaridan biri 2050 yilga kelib uglerod neytralligiga erishishdir. Bu maqsadga erishishning muhim yo‘llaridan biri fermerlikni biologik xilma-xillik va iqlimga mosroq qilishdir. Iqlimga mos keladigan amaliyotlarni to‘g‘ri joriy etish orqali fermerlik nafaqat issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishi, balki uglerodni sekvestrlashi, biologik xilma-xillikni oshirishi va ekotizimlarni qayta tiklashga yordam berishi mumkin.

    Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston hukumati bilan hamkorligi orqali iqlim o‘zgarishi kabi e’tibordan chetda qolgan masalalarni yana kun tartibiga qo‘yishga yordam bermoqda. Bu sohadagi ko‘p yillik tajribasini hisobga olsak, u siyosat bo‘yicha maslahatlar va texnik ma’lumotlar uchun ajoyib manba hisoblanadi.

    “Tabiiy resurslardan samaraliroq foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishimiz zarur, buning uchun hamkor davlatlarning yordami va ilg‘or tajribasidan foydalanishimiz zarur. Bu amaliyotlar qatoriga Yevropada ishlab chiqilgan, resurslardan eng barqaror va samarali foydalanish mumkin bo‘lgan amaliyotlar kiradi”, - deydi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev.

    Jumladan, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan ASK Facility 2020-yildan buyon O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda texnik ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda ASK Facility “Qishloq xo‘jaligidagi iqlim xavfi va moslashuvini baholash” tahliliy va maslahat dasturini ishga tushirdi. Ushbu dastur iqlim o‘zgarishining potentsial taʼsirini tahlil qilish hamda qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasi uchun moslashuv va oqibatlarni yumshatish choralarini ishlab chiqish orqali O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektorining mahsuldorligi va barqarorligini oshirishga qaratilgan.

    “Suv va tuproq kabi tabiiy resurslardan barqaror foydalanishga yo‘naltirilgan izchil milliy siyosat asosini yaratish, shuningdek, dalillarga asoslangan materiallarni taqdim etuvchi ma’lumotlar va axborot tizimlarini to‘g‘rilash hamda aholi, xususiy sektor va davlat organlarining iqlim o‘zgarishi haqidagi xabardorligini oshirish juda muhim.”, - deydi Adrian Nil, ASK Facility guruh rahbari.

    Iqlim bo‘yicha oqilona amaliyotlarni tadbiq etish

    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasining o‘zi ham Yevropa Ittifoqi mutaxassislari ko‘magida ishlab chiqilgan. Strategiyaning qabul qilingan baʼzi chora-tadbirlari fermerlarning iqlimga mos texnologiyalarni o‘zlashtirgan yer gektarlari sonini ko‘paytirishiga olib keldi: 2017-yildagi nol gektardan 2020-yildagi 200 ming gektargacha. Tavsiya etilgan chora-tadbirlar mevali daraxtlarni ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligi jarayonlarining energiya samaradorligini oshirish va o‘g‘itlardan yanada oqilona foydalanishni o‘z ichiga oladi. Ushbu o‘zgarishlar ekin yetishtirishda ko‘proq xilma-xillikni rag‘batlantirishga yordam beradi va shuning uchun fermerlarning iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflar ta’siriga chidamliligini oshiradi.

    Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston uchun Ko‘p yillik indikativ dasturiga (2021-2027) ko‘ra, raqamli vositalar va Yevropa Ittifoqining sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari bilan ulashish, shuningdek, iqlim bo‘yicha aqlli amaliyotlarda, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash hamda iqlim bilan bog‘liq xavf-xatarlarga chidamlilikka yordam beradi. Yevropa Yashil kelishuvi va uning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bo‘yicha strategiyasi, “Fermadan vilkagacha” strategiyasiga muvofiq, qo‘shimcha salohiyatni oshirish harakatlari investitsiya va biznes muhitini yaxshilashga, iqlimga mos yashil investitsiyalarga va ayollar hamda yoshlar uchun yashil moliyadan foydalanishni osonlashtirishga qaratilgan bo‘ladi.

    Nihoyat, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishi chorvachilik sohasidir, chunki u iqlim o‘zgarishiga katta hissa qo‘shmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining FAO tadqiqotiga ko‘ra, barcha antropogen issiqxona gazlari chiqindilarining 14,5 foizi chorvachilik mahsulotlaridan chiqadi. 2020-yilda O‘zbekiston hukumati Yevropa Ittifoqining texnik ko‘magida chorvachilik bo‘yicha yangi strategiya va yo‘l xaritasini tayyorladi. Strategiya yanada mustahkam, inklyuziv va barqaror chorvachilik sohasiga yo‘l ochadi. Bu nafaqat iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishga yordam beradi, balki O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

    Iqlim o‘zgarishiga yechim topish uchun birgalikda ishlash

    Iqlim o‘zgarishi juda katta muammo bo‘lib, uni hech bir muassasa va hech bir shaxs yolg‘iz hal qilishga umid ham qila olmaydi. Adrian Nil ta’kidlaganidek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning ta’sirni yumshatish uchun Suv xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, baliqchilik va o‘rmon xo‘jaligi tarmoqlari va xalqaro hamkorlar kabi turli sheriklar bilan hamkorlik qilishi kerak.

    “Yevropa Ittifoqi ko‘magida biz ushbu hamkorlarni davra suhbati orqali muammolarni topilmalarni muhokama qilish va keyin … Siyosatni o‘zgartirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan qonunchilik bazasini tayyorlash uchun birlashtirishga harakat qildik. Va eng muhimi, turli mintaqalardagi rivojlanish bo‘yicha hamkorlar bilan ushbu asos doirasida qanday pilot harakatlar boshlash mumkinligini ko‘rishga harakat qilmoqdamiz”.

    Ular 2023-yilda ushbu pilot harakatlarga amaliy yonadshishni maqsad qilgan bo‘lsalar, 2024-yilda iqlim o‘zgarishining kelajakdagi oqibatlarini yumshatish va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining isib borayotgan iqlimga yaxshi moslasha olishi uchun haqiqiy natijalarga olib keladi.

    Reklama huquqi asosida.

    04.08.2023, 18:00   Izoh (0)   6298
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muvaffaqiyatli talabalar uchun Vivobook S 15 OLED noutbuki: 2023-yil yangiligi nimasi bilan e’tiborni tortadi?

    04.08.2023, 16:30

    Vaqt sinovidan o‘tgan ishonch — Alfa Invest O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi 20 yillik samarali faoliyatini nishonlamoqda

    04.08.2023, 12:00

    Uzbekistan Airways bilan Janubi-Sharqiy Osiyo shaharlariga!

    04.08.2023, 10:30

    Moliyaviy erkinlik sari yo‘l: Payme xorij bestsellerini o‘zbek tiliga tarjima qildi va uni viloyatlar bo‘ylab bepul tarqatdi

    03.08.2023, 16:30

    Zamonaviy Huawei nova Y91 – arzon narx evaziga juda ko‘p smartfon

    03.08.2023, 13:30

    Imkoniyatni boy bermang: tez orada III Me’mor//2023 arxitektura ko‘rik-tanloviga arizalar qabuli yakunlanadi

    01.08.2023, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.