Daryo

Belarus harbiy vertolyotlari Polsha hududiga kirdi. Varshava NATOni xabardor qildi

Polsha mudofaa vaziri chegaradagi qo‘shinlar sonini ko‘paytirish, jangovar vertolyotlar ajratishga ko‘rsatma berdi

1 daqiqa o‘qish69 880 ko‘rishlar0 izoh0

Belarusning ikkita vertolyoti 1-avgust kuni Polsha havo hududini buzdi. Bu haqda Polsha milliy mudofaa vazirligi xabar berdi.

Foto: Telegram

Vertolyotlar mashg‘ulotlar o‘tkazgan va bu haqda Belarus tomoni Polshani oldindan xabardor qilgan. Havo chegarasini kesib o‘tish Beloveja aholi punkti hududida juda past balandlikda sodir bo‘lgan, bu esa radar tizimlari tomonidan aniqlashni qiyinlashtirgan.

Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashak chegaradagi qo‘shinlar sonini ko‘paytirish va qo‘shimcha mablag‘, jumladan, jangovar vertolyotlar ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Voqea haqida NATO ham xabardor qilingan. Polsha Tashqi ishlar vazirligi nima bo‘lganini tushuntirish uchun Belarus bo‘yicha muvaqqat ishlar vakilini chaqirtirgan.

Belarus vertolyotlari Polsha hududiga uchib o‘tgani haqida dastlab OSINT tahlilchilari xabar bergandi. Gap Mi-24 va Mi-8 vertolyotlari haqida ketmoqda.

So‘nggi haftalarda Belarusga “Vagner” kolonnasi kelishni boshladi. 20-iyul kuni Belarus Mudofaa vazirligi armiya maxsus operatsiyalar kuchlari Polsha chegarasi yaqinidagi Brestskiy poligonida “Vagner” bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishini maʼlum qildi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar