“Barselona” futbolchisi Usmon Dembele faoliyatini “PSJ”da davom ettirishi mumkin.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, Dembelening o‘zi ham, uning agenti ham rahbariyatga ketish qarori haqida aytmagan. Lekin kataloniyaliklar “PSJ”dan taklif kelib tushganini biladi. Shunga qaramay, “ko‘k-anorranglilar” Usmonni qo‘yib yuborishni istamaydi. Agarda parijliklar futbolchi uchun taklif qilinayotgan narxni oshirsa, o‘ylab ko‘rishi mumkin.
Dembelening o‘zi ham bir necha jamoadoshlariga “PSJ”ga o‘tayotgani haqida ma’lum qilgan.
Futbolchini “Barselona” taklif qilgan yangi shartnoma shartlari qoniqtirmagan. Usmonning agentlari mijozining maoshi 6-7 million yevroga oshishi va qo‘shimcha bonuslar qo‘shilishini xohlamoqda. Rahbariyat esa moliyaviy vaziyat tufayli bu shartlarni qabul qila olmaydi.
Shuningdek, “Barselona” futbolchini Parij klubi a’zosiga rokirovka qilishi ham mumkin. L’Equipe nashriga ko‘ra, kataloniyaliklar Kilian Mbappe uchun Dembele va Gavini taklif qilgan. Biroq hali bu borada muzokaralar olib borilgani yo‘q.
“PSJ” 1-avgustga qadar transferni rasmiylashtirishni istamoqda. Chunki avgustga qadar Usmonning tovon puli 50 million yevroni tashkil qiladi. Keyin esa ikki baravarga oshadi.
Usmon Dembele 2022/23-yilgi mavsum La Ligada 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golga mualliflik qilgandi.
Izoh (0)