Navoiy viloyati hokimligi Navoiy shahrida atmosfera havosining buzilgani holatining sabablari va uni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 30-iyul kuni soat 14:20 lar atrofida Navoiy viloyati Karmana tumani “Yangi ariq” MFY hududida joylashgan “Berejlivost” xususiy ishlab chiqarish korxonasiga tegishli qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash poligonida yong‘in kelib chiqqan.
Ushbu holat shu kunning o‘zida Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari, IIB, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida voqea joyiga borib o‘rganilgan.
Shu kunning o‘zida masalari bartaraf etishga 50 ta turli texnika hamda 150 nafar xodim safarbar qilingan hamda o‘chirish va chiqindilarni to‘liq ko‘mish ishlari hozir ham davom etmoqda.
“Vaziyat doimiy nazoratga olingan va to‘liq bartaraf etilgandan keyin qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.
“Berejlivost” xususiy ishlab chiqarish korxonasiga tegishli mazkur chiqindi poligonida 2023-yil aprel oyida oxirida hamda 2021-yil 18-iyun kuni ham yong‘in sodir bo‘lgandi.
Izoh (0)