Ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Kunduz kunlari havo 35-40 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42 darajagacha isiydi.
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida 1-avgust kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
31-iyul va 1-avgustda shimolda va cho‘l hududlarda, 3—4-avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Keyingi dam olish kunlari esa harorat foni biroz pasayishi kutilmoqda, kunduzgi harorat 33-38 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkentda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 31-iyul—4-avgustda 38-40 daraja atrofida bo‘ladi.
Izoh (0)