• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Harakati, ilmi, hunari yo‘q odam kambag‘al bo‘ladi”— deputat Alisher Qodirov yozgan tvit muhokamalarga sabab bo‘ldi

    Deputat Alisher Qodirov Twitter‘dagi sahifasida yozgan harakati, ilmi, hunari yo‘q odam kambag‘al bo‘lishi haqidagi tvit muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    Alisher Qodirov

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Alisher Qodirovning fikricha, kambag‘allik mag‘lubiyatga rozilikni anglatadi.

    “O‘zbekistonda kambag‘allik yo‘q deb uzoq yillar o‘zimizni aldab keldik. 7 yil avval, xalqaro mezonlarga ko‘ra O‘zbekistonda 34 foiz aholi kambag‘al edi, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 14 foizgacha qisqaribdi. Xalqaro mezonlar o‘z yo‘liga, kambag‘allik – mag‘lubiyatga rozilik, deb o‘ylayman.

    Kim kambag‘al bo‘ladi? Birinchi navbatda harakati yo‘q, ilmi yo‘q, hunari yo‘q odam kambag‘al bo‘ladi! Kimdir hayoti davomida imkoniyat izlasa, kimdir aybdor izlaydi. Menimcha, davlat qancha harakat qilmasin, mag‘lublar kambag‘al bo‘lib qolaveradi”, — deb yozgan u.

    Iqtisodchi Otabek Bakirov deputat fikriga munosabat bildirib, inson o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan hollarda ham kambag‘al bo‘lishi mumkiniligiga ishora qildi.

    Otabek Bakirov
    Foto: Markaziy bank
    “Odam o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan ravishda otadan, onadan, boquvchidan ajralib qolishi, nogiron yo cheklangan imkoniyatlar bilan tug‘ilishi, nogiron yo kasal bo‘lib qolishi mumkin, janob Qodir. Uzr, chidab turolmadim. Men mamlakat boyliklarini bir to‘p to‘da egallab olib, millionlab odamlarni qashshoqlashtirayotgani, budjetni o‘z foydasiga taqsimlab, maktabni, tibbiyotni xarob qilish orqali avloddan avlodga o‘tadigan qashshoqlashtirishni boylik to‘plash vositasiga aylantirilganini gapirmayapman”, — deb yozdi iqtisodchi.

    Deputat Doniyor G‘aniyev ham Alisher Qodirov fikrlariga o‘z munosabatini bildirdi.

    Doniyor G‘aniyev
    Foto: “Daryo”
    “To‘g‘ri, ilmi, hunari yo‘q, dangasa odam kambag‘al bo‘lishi mumkin. Lekin bu hamma kambag‘al shunday degani emas. Xuddi ahmoq odamlar ham deputat bo‘lishi mumkin, lekin bu hamma deputat ahmoqligini anglatmagandek. Nobel sovrindorlari A.Banerjee va E.Dufloning (‘Poor economics’) fikricha, odamlar mehnat qilmagani uchun emas, balki ko‘p hollarda ‘kambag‘allik qopqoni’ (ochlik, kasallik, ishsizlik, taʼlim ololmaslik)ga tushib qolishi ortidan qashshoqlikdan chiqolmaydi”, — deya fikr bildirgan deputat.

    Bloger Zafarbek Solijonov Doniyor G‘aniyevning Twitter‘dagi fikrlari aks etgan skrinshotni Telegramdagi kanalida joylab: “Doniyor G‘aniyev mening deputatim va faxrim”, — deya post qoldirdi.

    22.07.2023, 16:59   Izoh (1)   12004
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 1372763753@telegram.org / 22.07.2023, 20:36

      Assalomu aleykum. Donyor aka G'aniyev haqida menham shu fikirdaman mening deputatim mening faxrim.. 100% qo'llab quvvatlayman.. Iqtisodchi Otabek aka bir narsani bilmasa gapirmasa kerak har xolda shu soxa vakili. U kishi ham vatani uchun qayg'urqdigan inson.. Shunaqa insonlar ko'paysin

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu jin ko‘chalarda qiz ham berolmaysiz, kelin ham ololmaysiz dedi”. Prezident bilan yuzlashib, muammosi haqida gapirgan toshkentliklar

    22.07.2023, 16:49

    O‘zbekistonda pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi

    22.07.2023, 15:42

    Toshkent viloyatida xonadonida yashirin narkolaboratoriya tashkil etgan shaxslar ushlandi

    22.07.2023, 15:22

    Sirdaryo viloyatining ikki tumaniga yangi hokim tayinlandi

    22.07.2023, 14:49

    O‘zbekistonda magistraturaga qabulda vazirlik tasdiqlamagan ayrim xalqaro sertifikatlar ham hisobga o‘tadigan bo‘ldi

    22.07.2023, 14:27

    “Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining IELTS sertifikati bor talabalariga vazir stipendiyasi beriladi” — Amrillo Inoyatov

    22.07.2023, 14:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.