AQSHning sobiq prezidenti, 77 yoshli Donald Tramp 2021-yil 6-yanvar kuni AQSH Kongressi binosidagi tartibsizliklar bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqida Trampga prokuraturadan kelgan xatda ma’lum qilingan.
Tramp, unga hakamlar hay’ati oldida hisobot berish uchun juda qisqa vaqt — atigi to‘rt kun berilganini, bu esa deyarli hibsga olishni anglatishini aytdi.
Jo Baydenning Adliya vazirligi prokurori Jek Smit maktub yubordi. Unda 6-yanvar kuni men Katta hakamlar hay’ati tomonidan tergov qilinishim xabari berilgan, — deb yozdi AQSHning 45-prezidenti.
O‘z postida Tramp o‘ziga qarshi qanday ayblovlar qo‘yilishi mumkinligiga aniqlik kiritmagan. The Washington Post gazetasining yozishicha, prokuraturadan kelgan xat hamisha ham ayblovlar qo‘yilishini anglatmaydi.
Aprel oyida Tramp Nyu-York shtati sudyalari tomonidan biznes yozuvlarini soxtalashtirishda ayblangan edi. Bu bo‘yicha sud jarayoni 2024-yilning mart oyida boshlanadi.
Shuningdek, 2022-yil avgust oyida uning qarorgohida topilgan maxfiy hujjatlarga oid jinoiy ish bo‘yicha rasman ayblov 9-iyun kuni e’lon qilindi.
Izoh (0)