Hindistonda istiqomat qiluvchi Bxarat Jayn barqaror ish topolmadi va oxiri tilanchilik qilishni boshladi. U buning ortidan jami bir million 200 ming dollar yig‘di. Bu haqda Indian Times xabar berdi.
Jaynani “dunyodagi eng boy tilanchi” deb atashadi. Erkak quyi sinf oilasida tug‘ilgan, shuning uchun u oddiy ta’lim ololmagan va shunga mos ravishda ish topmagan. Oqibatda u tilanchilik qila boshlagan va oyiga taxminan 728 dollar topgan.
Jayn allaqachon uch xonali kvartira va ikkita do‘konga egalik qiladi. Erkak oyiga taxminan 364 dollar evaziga ularni ijaraga beradi.
Shunga qaramay, u shaharning eng mashhur joylarida tilanchilik qilishni davom ettiradi. 10-12 soat ichida u kuniga 30 dollar to‘plashi mumkin. Bu uning bolalariga monastir maktabida ta’lim olish imkonini beradi.
Izoh (0)