• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Issiq urishidan odamning ko‘z oldi qorong‘ilashib, ko‘ngil aynishi kuzatilsa, nima qilish kerak?

    Agar sizda xavfli alomatlar paydo bo‘lsa, vaqtni zoe ketkazmaslik kerak.

    Issiq urishini ko‘rsatadigan alomatlar

    Issiq urishi — haddan tashqari qizib ketish bo‘lib, u tana o‘zini sovitolmasa, ya’ni mo‘tadil haroratga qayta olmaganda kelib chiqadi. Bunda 36,1 dan 37,2 °C gacha daraja hisobga olinadi. Ortiqcha qizib ketishning sabablari turli xil bo‘lishi mumkin: jazirama, og‘ir jismoniy harakat, organizmda namlik yetishmasligi. Umuman olganda bularning bari ahamiyatsiz. Muhimi, quyosh urishi uning kelib chiqish sabablaridan qat’i nazar bir xilda xavflidir.

    Foto: Lifehacker

    Quyosh urishi — issiqlik urishining alohida holati. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nuri ta’sirida boshning qizib ketishi hisoblanadi.

    Yaxshiki, issiq o‘tishi birdaniga sodir bo‘ladigan hodisa emas. Uning o‘ziga xos alomati mavjud — issiqdan silla qurishi. Bu jadallashuvchi jarayon bo‘lib, organizm haroratni nazorat qila olmayotgani va unga sovishga ko‘mak zarurligi haqida ogohlantiradi.

    Termik silla qurishi har xil holatlarga doir quyidagi alomatlar orqali aniqlanadi:

    • oqargan, sovuq, xira teri;
    • bosh aylanishi;
    • holsizlik va chalkashlik;
    • ko‘z oldi qorong‘ilashish hissi;
    • kuchli terlash;
    • bosh og‘rig‘i;
    • ko‘ngil aynishi, yengil qayt qilish;
    • yurak urishi tezlashishi;
    • mushak spazmlari va ich ketishi;
    • peshob rangining o‘zgarib, to‘qlashishi.

    Issiq urishining alomatlari

    Foto: Google Image

    Agar siz termik silla qurish belgilarini allaqachon boshdan kechirayotgan bo‘lsangiz, holat issiq urishiga yetgan bo‘lishi ham mumkin. Uning alomatlari yanada jiddiyroq tus oladi:

    • tana harorati 40 °C dan ko‘tariladi;
    • nafas olishda qiyinchilik kuzatiladi;
    • og‘ir qayt qiladi;
    • hushdan ketish;
    • yurak urishida jiddiy buzilishlar;
    • issiqlik tufayli ichki organlar shikastlanishi mumkin;
    • miya ishlashida uzilishlar bo‘ladi.

    Bularning bari o‘ta xavfli va nafaqat salomatlik qolaversa, hayot uchun tahdiddir. Shuning uchun zudlik bilan qarshi choralar ko‘rish talab etiladi.

    Termik silla qurishida birinchi yordam

    Agar gap issiq urishining dastlabki simptomlari haqida ketayotgan bo‘lsa, birinchi yordam quyidagi tartibda bo‘ladi:

    • Jismoniy harakatni to‘xtatish;
    • Quyosh ostidan (issiq binodan) soyaga o‘tish, havo aylanishi oson bo‘lgan yoki konditsionerli xonaga kirish;
    • Iloji bo‘lsa kiyimlarni yechish;
    • Peshonaga sovuq suvda namlangan doka yoki sochiq qo‘yish;
    • Kamida 1-2 stakan suv ichish. Bu organizmga suvsizlik holatidan chiqish va o‘zini sovitish xususiyatini tiklashga yordam beradi;
    • Regidron yoki sport izotonik ichimliklari ichish. Bunday ichimlik tarkibida metabolizm va asab tizimi funksiyalari uchun muhim bo‘lgan elektrolitlar mavjud. 

    Issiq urganda birinchi yordam

    Foto: Google Image

    Agar sizni yoki atrofingizdagi odamlardan birortasini quyosh urgan bo‘lsa, o‘sha yerning o‘zida ko‘rsatilgan yordam samarali bo‘lmasligi mumkin. Qusish, yurak urishida buzilishlar aniqlansa, hushdan ketish xavfi bo‘lsa, zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish kerak.

    Issiq urishi ortga surib bo‘lmaydigan tibbiy holat hisoblanadi, undan aziyat chekuvchi odam shoshilinch yordamga muhtoj.

    Tez yordam yetib kelgunga qadar, termik silla qurishida asqatuvchi ko‘rsatmalarga amal qilib turgan ma’qul. Samaradorlikni oshirish uchun “og‘ir artilleriya” usulidan foydalansa bo‘ladi:

    • Bemor tanasiga yupqa matoga o‘ralgan muz qo‘ying (muzlatilgan meva-sabzavotlar ham bo‘lishi mumkin).
    • Tana haroratini tezroq pasaytirish uchun sovuq suvli vannaga tushish kerak. Bu holatda issiq urgan bemorga yordam beruvchi odamlar bo‘lsin. Yolg‘iz suvga tushish xavfli.

    Shifokorlar yetib kelgach, bemor holatini baholaydi. Issiq urishida ko‘rsatilgan birinchi yordam yetarli natija bergan bo‘lsa, shifoxonaga yotishga hojat bo‘lmasligi ham mumkin. Tanadagi yo‘qotilgan elektrolitlar o‘rnini to‘ldirish uchun tomchi ukol buyuriladi, qon va siydik tahlillari, ichki organlar holatini o‘rganish uchun ultratovush tekshiruvidan o‘tish tavsiya qilinadi. Terapevt natijalarni ko‘rib chiqib, bundan keyin nima qilish kerakligi borasida o‘z maslahatlarini beradi.

    Issiqlik va quyosh urishida profilaktika

    Agar oftob urishidan aziyat chekkan bo‘lsangiz, yaqin haftalar davomida yuqori haroratga nisbatan sezuvchan bo‘lib qolasiz. Shuning uchun quyidagi xavfsizlik choralariga amal qiling:

    Ko‘proq suv iching
    Quyosh ostida o‘tuvchi har bir soat uchun 2-4 piyola ichimlik (suv, meva yoki sabzavot sharbati) eng to‘g‘ri me'yor hisoblanadi, ayniqsa jaziramada jismoniy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lsangiz. Terlash davomida tanangizdagi namlik kamayib borishiga yo‘l qo‘ymang.

    Kunning eng issiq vaqtlarida salqin joyda bo‘lishga harakat qiling
    Yoz kunlarida kunduzgi 11:00 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘i eng xavfli hisoblanadi. Aynan shu davrda quyosh nurlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri tushishidan ehtiyot bo‘ling.

    Foto: Google Image

    Yorqin rangdagi yengil kiyim tanlang
    Kiyimingiz iloji boricha keng va havo o‘tkazuvchan bo‘lishi kerak.

    Bosh kiyimni unutmang
    Shlyapa yoki panamalar oftob urishini qaytaradi. Kepkalar issiq kunda muqobil tanlov emas, bosh kiyim yupqa va kattaroq bo‘lgani ma’qul.

    Tez-tez sovuq suvli dush yoki vanna qabul qiling
    Bu tana haroratini tushiradi.

    Tarkibida alkogol yoki kofein bo‘lgan ichimliklar ichmang
    Ular suvsizlik darajasini yanada oshiradi va qon tomirlarini taranglashtiradi. Buning natijasida tana kam terlaydi, sovishi qiyinlashadi.

    Peshob rangini nazorat qiling
    Rang to‘qlashishi xavfli alomat — u suvsizlanishdan darak beradi.

    08.07.2023, 09:33   Izoh (0)   6229
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Quyoshdan allergiya qanday bo‘ladi va undan himoyalanish uchun nima qilish kerak?

    15.06.2023, 09:30

    Jazirama yozda qanday ovqatlarni iste’mol qilish mumkin-u, nimalar yeyish tavsiya etilmaydi? 

    21.06.2023, 11:28

    Issiqda suvsizlanib qolmaslikka yordam beradigan tavsiyalar

    03.07.2023, 20:45

    O‘ng quloq qizib ketsa, kimdir sizni maqtayotgan bo‘ladimi?

    07.07.2023, 19:40

    Yozda ulardan tiyiling: terlashni kuchaytiradigan 3 xil oziq-ovqat mahsuloti

    07.07.2023, 15:30

    Qorinni yo‘qotadi, metabolizmni tezlashtiradi: ortiqcha yog‘larni eritish xususiyatiga ega ko‘katlar

    07.07.2023, 09:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tutunsiz kelajak sari. Ilm-fan tamaki zararlarini qanday kamaytirmoqda?

    Ilm-fan | 5 avgust, 11:24

    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

    Reklama | 5 avgust, 10:30

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    Shou-biznes | 5 avgust, 11:20

    O‘zbekistonda qator restoranlar sport translyatsiyalarini litsenziyasiz namoyish qilgani uchun ogohlantirildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 10:45

    Germaniya ilk bor Eurofighter qiruvchi samolyotlarini Polshaga joylashtirdi

    Dunyo | 5 avgust, 10:40

    Instagram: Jey Lo bilan uchrashgan Rayhon, noodatiy klip oldirayotgan Kaniza, Bobur Yo‘ldoshevning eng yaqin do‘sti kim?

    Madaniyat | 5 avgust, 10:19

    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

    Reklama | 5 avgust, 09:00

    Braziliya sobiq prezidenti uy qamog‘iga olindi

    Dunyo | 5 avgust, 10:10

    Ruben Amorim: “ ‘Manchester Yunayted’da 20 yil qolishni xohlayman”

    Sport | 5 avgust, 10:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.