Britaniyalik aktyor Benedikt Kamberbetch Marvel olamidagi Doktor Strenj rolini tark etmaganini, JW3 Speaker Series konferensiyasida keyingi yili filmning yangi qismida suratga tushishini ma’lum qildi.

Kamberbetch aynan “Doktor Strenj” filmining davomi suratga olinishi haqida gapirmagan. Katta ehtimol bilan buyuk sehrgar kino olamning boshqa filmida epizodik rolda paydo bo‘ladi.
Marvel’ning 2024-yilda premyera qilinishi kutilayotgan loyihalari qatoriga “Kapitan Amerika: Yangi dunyo tartibi” va “Momaqaldiroq” filmlari kiradi. Doktor Strenj qahramoni ushbu filmlarda paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, aktyor sehrgar Agata Xarkness haqidagi “Agata: Xaos koveni” serialida ham Doktor Strenj qahramonini gavdalantiradi.
Ma’lumot uchun, “Doktor Strenj: Telbalik multidunyosida” filmini rejissor Sem Reymi suratga olgan. Ushbu qahramon haqidagi loyihada Sochil Gomes, Chivetel Ejiofor va Patrik Styuart suratga tushgan. Film budjeti 200 million dollarni tashkil etgan.
Izoh (0)