Buxoroda atmosferani ifloslantirayotgan “qora tutun” bartaraf qilindi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.
Unga ko‘ra, Buxoro viloyati prokuraturasi va viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan atmosfera havosi muhofaza qilish sohasidagi qonunlar ijrosi o‘rganildi. O‘rganishda Buxoro tumanidagi g‘isht ishlab chiqaruvchi xususiy korxona g‘isht pishirish xumdonining nosozligi sababli ko‘mir yoqilg‘isi yongan vaqtda atrof-muhitga qora tutuni tarqalishi aholining eʼtirozlariga sabab bo‘lgan.
Korxona rahbariga “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlar talabi, shuningdek, atmosferaga chiqarilayotgan chiqindi miqdori va uning salbiy oqibatlari haqida tushuntirildi. Korxona rahbari tomonidan xumdon faoliyati to‘xtatilib, tashlama tashlash mo‘rilari modernizatsiyalashtirish ishlari boshlandi.
Izoh (0)