O‘zbekistonda 2022-yilda 1279 ta narkojinoyat fosh etildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Unga ko‘ra, 2022-yilda Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 1279 ta narkojinoyat fosh etildi. Noqonuniy muomaladan 917 kg giyohvandlik vositalari, jumladan, geroin, opiy, moddalari musodara qilindi.
Shuningdek, 373 ming 550 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
2022-yilda 32 kg dan ortiq sintetik giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmadan olingan bo‘lib, ular asosan mefedron, amfetamin, “Alfa-PVP” va MDMA kabi narkotiklar hisoblanadi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi, Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi bilan birgalikda 9 ta faol tadbir va maxsus operatsiyalar o‘tkazilib, 11 nafar narkojinoyatchi ushlandi hamda 166,4 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi.
Izoh (0)