Toshkent shahrining qator hududlari 26-iyun kuni yana elektr energiyasidan uziladi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 26-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Yakkasaroy tumani: “Rakatboshi” va “Muhandislar” MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
- Chilonzor tumani: “Qozirobod” va “Katta Qozirobod” MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Sergeli tumani: “Eski Jaloyir” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
- Mirobod tumani: “Tong yulduzi” va “Fayzobod” MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘ragan.
Izoh (0)