Jizzaxda AQSHga yuborish va ish bilan ta’minlashni va’da qilib, firibgarlik qilgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.O. fuqaro R.M.ni AQSHga yuborish va ish bilan taʼminlash evaziga 13 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)