Jizzax viloyati Baxmal tumanida bedarak yo‘qolgan 22 yoshli qiz yetti oydan buyon qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2001-yilning 25-iyulida tug‘ilgan, Baxmal tumani “Bunyodkor” MFY Maxsum qishlog‘ida yashagan Shahlo Rahimova qidirilmoqda. U 2022-yilning 10-dekabr kuni yashash uyidan chiqib ketib bedarak yo‘qolgan.
22 yoshli Shahlo Rahimovani ko‘rgan va u haqda maʼlumotga ega bo‘lganlar Jizzax viloyati IIBning 102 telefon raqamlariga xabar berishi so‘ralgan.
Izoh (0)