Namanganlik ziyoratchilarning ilk guruhi haj safariga yo‘l oldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Namangan xalqaro aeroportida ziyoratchilarni kutib olish uchun puxta hozirlik ko‘rildi. Yosh yigitlardan iborat ko‘ngillilar avtobuslardan tushib kelayotganlarni qarshi olib, ularning yuklarini ichkariga olib kirishga ko‘maklashdi.

Foto: Jahongir Akramov
Bevosita aeroportning o‘zida ziyoratchilarning hujjatlari tezda rasmiylashtirish uchun barcha xizmatlar safarbar etildi. Ular yengil tamaddi qilib olishlari uchun yeguliklar hozirlandi.

Foto: Jahongir Akramov

Foto: Jahongir Akramov

Foto: Jahongir Akramov
Haj safariga yo‘l olgan ziyoratchilarni kuzatishga Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov ham keldi. U safarga otlanayotganlarga oq yo‘l tilab, muqaddas manzillarda yurt osoyishtaligi va ravnaqi uchun duoda bo‘lishlarini so‘rab qoldi.

Foto: Jahongir Akramov
Uzbekistan airways aviakompaniyasining Boeing 767 rusumli havo kemasida 245 nafar ziyoratchi Namangan—Madina yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga uchib ketdi.

Foto: Jahongir Akramov

Foto: Jahongir Akramov

Foto: Jahongir Akramov
Maʼlumot uchun, joriy yilgi mavsumda Namangan viloyatidan 1,5 mingdan ortiq kishi haj safariga borishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Jahongir Akramov

Foto: Jahongir Akramov

Foto: Jahongir Akramov

Foto: Jahongir Akramov