Ijobiy rollarni ijro etib, tomoshabinlar e’tiboriga tushish oson, biroq yovuz qahramonlarni gavdalantirish har doim ham yaxshi natija beravermaydi. Quyida ko‘plab filmlarda yovuz qahramonlar rolini ijro etib, e’tirofga sazovor bo‘lgan aktyorlar haqida ma’lumot beriladi.
Alan Rikman
Alan Rikman 1988-yilda “O‘tda yonmas” filmining birinchi qismida yovuz qahramon rolini o‘ynagan. Aktyor 42 yoshida mashhur bo‘ldi. Keyinchalik u bir necha bor salbiy xarakterga ega qahramonlarni ekranlarda gavdalantirdi. Shuningdek aktyor “Garri Potter” filmida Severus Sneyp rolini ijro etdi, qahramon loyiha yakunida o‘zini boshqa tomondan ko‘rsatadi. Aslida, Alan Rikman mehribon inson bo‘lib, filmlaridagi qahramonlaridan butunlay farq qilardi.
Malkolm Makdauell
Malkolm Makdauell — juda g‘ayrioddiy ko‘rinish egasi. Aktyor 1971-yilda “Apelsin soati” filmida antagonist rolini o‘ynadi. Asta-sekin, Malkolmning shaxsiy filmografiyasi boshqa xarakterdagi rollar bilan to‘ldirildi, biroq bu obrazlarda qandaydir kamchilik bor edi. Aktyor har doim qahramonlarni mahorat bilan gavdalantiradi, ularning har biriga o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi, chunki Malkolmning filmografiyasida juda ko‘p personajlar mavjud bo‘lib, u nafaqat muxlislarni, balki oddiy tomoshabinlarni ham xursand qiladi.
Mads Mikkelsen
Mads Mikkelsen Gollivudda va o‘z vatanida mashhur aktyor. U kino olamidagi faoliyatining boshida mahalliy loyihalarda faol ishtirok etdi va 2006-yilda Bond haqidagi loyihaning navbatdagi qismida paydo bo‘lishi bilan muxlislarni hayratda qoldirdi. Aktyor tomoshabinlar qarshisida sirli va xarizmatik Le Shiffr obrazida paydo bo‘ldi, biroq bu boshlanishi edi. Mads keyingi loyihalarida antagonist va yovuz qahramonlar rolini ijro etdi. U 2022-yilda AQSHning “Gannibal” serialida Jonni Deppning o‘rniga Gellert Grin de Vald rolini o‘ynadi.
Geri Oldman
Geri Oldman kam filmlarda suratga tushgan, biroq uning deyarli barcha ijrolari tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Aktyor o‘zining og‘ir xarakteri bilan mashhur edi. Amerikalik aktrisa Uma Turman aynan shu tufayli aktyor bilan ajrashgan. Biroq, Gari yoshi o‘tgan sari bosildi. Aktyor o‘zining g‘ayrioddiy xarakteri tufayli murakkab personajlarga aylanishni juda yaxshi biladi.
Hyugo Uiving
Hyugo Uiving britaniyalik aktyor, u faoliyati davomida turli xil rollarni ijro etgan. Biroq u “Matritsa” filmlarida agent Smit roli bilan yodda qolgan. Oradan biroz vaqt o‘tgach, Gyugo “Birinchi qasoskor” filmida yana bir antagonist rolini o‘ynadi. Uiving 2018-yilda “Yirtqich shahar yilnomasi” filmida Taddeus Valentin rolini o‘ynadi. Hozirda aktyor turli loyihalarda ishtirok etishda davom etmoqda.
Jon Malkovich
Jon Malkovich butunlay boshqa-boshqa rollarni o‘ynay oladigan aktyorlardan biri. U ijobiy va salbiy rollarni mahorat bilan ijro etadi. Aktyor o‘zini unchalik ijobiy bo‘lmagan nuqtayi nazardan yaxshi ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lmasin, muxlislar Jon murakkab xarakterga ega bo‘lgan egosentrik personajlarni yaratishda eng zo‘ri ekanini tan oladi.
Kristofer Li
Aktyor 2015-yilda vafot etgan. U kinodagi faoliyati davomida 200 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan. Buning ajablanarli joyi yo‘q, bu juda ko‘p rollar orasida antiqahramonlar ham bor edi. Ulardan eng esda qolarlisi “Uzuklar hukmdori” filmidagi Saruman obrazi. Aktyor faoliyatining boshida bir necha marta yovuz insonlar rolini o‘ynadi va yillar davomida uning bu yo‘nalishga bo‘lgan ehtiyoji ortib bordi.
Kristof Vals
Aktyor karyerasini o‘z vatanida juda ajoyib rollar bilan boshladi. Biroq u qo‘rqmadi va yana boshqa narsaga intildi. Kristof nafaqat aktyor, balki til bilish qobiliyatiga ham ega. Vals nemis, fransuz va italyan tillarini biladi. Bu uning rejissorlar orasida mashhur bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Helena Bonem Karter
Helena Bonem Karter — ko‘plab qiziqarli rollarni ijro etgan iste’dodli aktrisa. U mashhur rejissor Tim Burton bilan turmush qurganidan so‘ng filmografiyasini kult filmlari bilan to‘ldirdi. Rejissor uni sevib qolgan va unga ko‘p rollarni ijro etish taklifini bildirgan. Bu vaqt ichida u bir necha bor o‘zgacha obrazlarda paydo bo‘ldi. Aktrisa “Janglar klubi”, “Suini Todd”, “Flit-stritdagi sartarosh”, “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” filmlarida suratga tushdi.