“Muhtasham yuz yil” serialidagi shahzoda Jahongir obrazi turk aktyori Tolge Saritashning ijrosi tufayli ko‘plab tomoshabinlarning sevimli qahramoniga aylandi.
Shahzoda Jahongir har doim boshqa shahzodalardan ajralib turardi. Usmonlilar sulolasining yosh shahzodasi Xurram sulton va sulton Sulaymonning sevimli farzandi edi. Jahongirdan ayrilish dardi sulton Sulaymonni umrining oxirigacha tark etmadi.
Aktyor Tolga Saritash “Muhtasham yuz yil” serialida “farishta qanotli” shahzoda rolini maromiga yetkazib ijro etgan. Jahongirga bolaligida uning yelkasidagi bukrilikni shunday chiroyli tarzda tushuntirishgan. Aktyorning debyuti “Qora bulut” loyihasidagi rol edi. Biroq, Tolga bu loyihada ikkinchi darajali obrazni gavdalantirdi. Aktyor “Muhtasham yuz yil” serialidan avval bir nechta loyihalarda suratga tushgan, biroq ularning hech qaysi mashhurlikka erishmagan. Aynan “Muhtasham yuz yil” seriali aktyorning tanilishiga sabab bo‘ldi.
Usmonlilar imperiyasi tarixi haqidagi kult serialdan so‘ng, aktyorga ko‘plab loyihalardan taklif tushdi. Uning ishtirokidagi “Gunesh qizlari”, “Va’da”, “Farhod va Shirin” kabi loyihalarni alohida ta’kidlash mumkin. Tolga bu loyihalarda bosh rolni o‘ynadi.
“Aktyor gavdalantirgan qahramonlardan biri — Farhod ismli kambag‘al rassom. U Shirin bilan turmush qurishi uchun u juda ko‘p qiyinchiliklarni yengib o‘tishi kerak bo‘ladi. Bu borada unga kerakli ko‘rsatmalarni Shirinning opasi Bonu beradi”, — deb yozadi “Turkiya-landiya” kanali.
Izoh (0)