Myunxenlik nafaqaxo‘r ayol Antaliyada ta’tildan so‘ng noto‘g‘ri reysga chiqib, Moskvaga kelib qoldi, deb yozadi Bild am Sonntag.
“Yetmish to‘qqiz yoshli ayol Antaliyada o‘n kunlik ta’tildan so‘ng samolyotga chiqdi. Lekin u rejalashtirilganidek Myunxenga emas, Moskvaga yetib keldi”, — deb yozadi nashr.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 26-may kuni ayol Myunxenga qaytayotgan edi. U navbat kutayotganda samolyotga chiqish yo‘lagi boshqasiga ko‘chirildi. Natijada nemis ayoli adashib, Moskvaga uchish uchun navbatda turgan.
Rossiya poytaxtiga kelganidan so‘ng, ayol Turkiyaga qaytish chiptasini rasmiylashtirguncha bir necha soat kutdi. Istanbul aeroportida nafaqaxo‘r tunni skameykada o‘tkazdi va ertalab Myunxenga parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Umuman olganda, ayol yo‘lda 30 soat vaqt o‘tkazdi va Moskvaga parvozni amalga oshirgan Turkish Airlines kompaniyasidan tovon puli talab qilmoqchi. Aviakompaniya qanday qilib ayolning boshqa reysga chiqishiga ruxsat bergani tushunarsizligicha qolmoqda.
Izoh (0)