Armanistonda bosh vazir Nikol Pashinyanning o‘g‘li Ashot Pashinyanni o‘g‘irlashga urinish bo‘ldi. Bu haqda “Aykakan Jamanak” nashri xabar berdi.
Mazkur nashrning bosh muharriri Armaniston bosh vazirining rafiqasi Anna Akopyan hisoblanadi. Odam o‘g‘irlashga urinishni mahalliy tashkilot aʼzolari uyushtirgani aytilmoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa bosh vazir o‘g‘lining uyi yonida sodir bo‘lgan. O‘g‘rilar Ashot Pashinyanni majburan o‘z mashinasiga o‘tqizgan. Jabrlanuvchi harakatlanayotgan mashinadan sakrab tushishga muvaffaq bo‘lgan. Hodisa oqibatida Ashot Pashinyanni orqada harakatlanib kelayotgan boshqa mashina urib yuborgan.
“Oqibatda Ashot Pashinyanning oyog‘i jarohatlangan, hodisa tashkilotchilari voqea joyidan qochib ketgan. Ashot Pashinyan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)