Argentinalik futbolchi Lionel Messi keyingi mavsum faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
AFP’ning xabar berishicha, Leoning Saudiya Arabistoni klubi bilan muzokaralari yakuniga yetgan. Argentinalik 2023/24-yilgi mavsumni Yaqin Sharqda o‘tkazadi.
35 yoshli hujumchi bitimni imzolasa, dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.
“PSJ” esa ushbu xabarlarni chetlab o‘tib, faqatgina Messining amaldagi shartnomasi 30-iyunda yakuniga yetishini ta’kidladi.
Izoh (0)