Serbiya ta’lim vaziri Branko Rujich o‘z lavozimini tark etdi. Bunga Belgoroddagi maktabda yuz bergan otishma sabab bo‘lgan.
U bosh vazir Ana Brnabichga iste’foga chiqish to‘g‘risida maktub yo‘lladi, deb xabar beradi “Tanyug” agentligi. Maktubda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirilgan. “Maktabdagi voqealar aks etgan suratlar, halok bo‘lgan bolalar ota-onasining ko‘zyoshlari butun umr qalbimda muhr bo‘lib qoladi”, — deyiladi vazirning bosh vazirga yo‘llagan maktubida.
3-may kuni Belgraddagi maktabda yettinchi sinf o‘quvchisi o‘t ochdi. Oqibatda to‘qqiz kishi, jumladan bir qo‘riqchi va sakkiz nafar bola halok bo‘lgan. Yana olti kishi jarohatlangan. Serbiyada 5–7-may kunlari uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh (0)