Boks bo‘yicha 2023-yilgi Jahon chempionatining 5-kungi bahslarida 5-may, juma kuni bo‘lib o‘tmoqda.
![](/static/photo_2023-05-02_21-24-16.jpg)
-80 kg vazn toifasida Jasurbek Yo‘ldoshev Iordaniya vakili Huseyn Iashishga qarshi ringga ko‘tarildi. Uch raund natijalariga ko‘ra Yo‘ldoshev 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, Jasurbek dastlabki jangini jazoirlik Yunus Nemouchiga qarshi o‘tkazib, 5:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
5-may kungi janglarda Lazizbek Mullajonov (-91 kg) va Abdumalik Halokovlar (-57) ishtirok etib, o‘z janglarida zafar quchdi.