Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha 2023-yilgi Jahon chempionatining 5-kungi bahslari 5-may, juma kuni bo‘lib o‘tmoqda.
![](/static/photo_2021-11-04_17-15-19-1280x798-1.jpg)
-57 kg vazn toifasida Abdumalik Halokov gayanalik Kevin Alikok bilan jang qildi. Birinchi raundda Abdumalik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi raund esa to‘liq Halokovning nazoratida o‘tdi. Uchinchi raund ham o‘zbekistonlik bokschining foydasiga hal bo‘ldi va yakunda 5:0 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa Halokov keyingi bosqichga yo‘l oldi.
5-may kungi bahslarni O‘zbekiston safida Lazizbek Mullajonov boshlab berdi. -91 kg vazn toifasida harakat qilgan bokschi kolumbiyalik Marlo Xartadoni yengib, keyingi bosqich masalasini hal qilgandi. Kunni esa Jasurbek Yo‘ldoshev (-80 kg) yakunlab beradi.