• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Birinchi turmushi omadsizlikka uchragan, rus muxlisasiga uylangan yetti davlat xalq artisti Farruh Zokirov 77 yoshda (foto, video)

    O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Rossiya Federasiyasi xalq artisti Farruh Zokirov 16-aprel kuni 77 yoshni qarshiladi. U san’atkorlar oilasida tug‘ilgan bo‘lsa-da, faoliyatida ko‘plab qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan.  

    Foto: Instagram

    Karim va Shoista Zokirovlar san’atga oshufta insonlar bo‘lishgan. Karim Zokirov tabiatan og‘ir-bosiq, kamgap inson bo‘lgan. Ayoli esa undan tubdan farq qilgan. U asli san’atkor bo‘lsa-da, mahalla ishlarida faol, oilaviy muammolarda maslahatchi ayol edi. Ularning olti nafar farzandlari bo‘lgan, ammo Naufal ismli o‘g‘illari erta olamdan o‘tgan. 

    Foto: Skrin

    — San’atkor bo‘laman deb o‘ylamasdim, chin so‘zim. Yigitlik yillarim musiqa bastalashga moyilligim bor edi. “Shunday qo‘shiq yozsamki, Botir Zokirov repertuariga kiritsa”, deb orzu qilardim. Akam esa eshitib ko‘rardi-da, “Yo‘q, hali bor, hali pishmagan”, derdi. Shukr, bu baxtga musharraf bo‘ldim. 1974-yilda “Majnuntol” qo‘shig‘ini yozgan bo‘lsam, bir yillardan keyin “Shu qo‘shiq juda chiroyli chiqibdi, maylimi, men kuylasam”, deya so‘raganlar. O‘shanda yuragim yorilib ketay degan. Hozir ham kuchli hayajon bilan eslayapman. Madaniyatni qarang, maylimi, deb so‘raganlar, — deydi Farruh Zokirov. 

    Xonandaning aytishicha, u bolalikdan madaniyatli oilada ulg‘aygan. Otasi Karim Zokirov mashhur san’atkor bo‘lishiga qaramay mehnat va muomala borasida farzandlariga o‘rnak bo‘lgan.

    Foto: Skrin

    — Otam mahoratli ijodkor bo‘lsa-da, oilada hamma qatori ota edi. Bog‘da ishlashni, daraxatlarni parvarishlashni yaxshi ko‘rardi. Uyda bo‘sh o‘tirganini eslolmayman. U paytda mahallamizdan gaz o‘tmagandi, qishda pechni yoqish vazifasi otam bilan menga yuklatilgandi. Otam erkak kishi qilishi mumkin bo‘lgan barcha uy ishlarini o‘rgatgan. Ammo u mening san’atkor bo‘lishimni istamasdi. “Qo‘llaring nozik, sen jarroh bo‘lishing kerak”, deb ko‘p gapirardi. “Bo‘lsang zo‘r san’atkor bo‘l, o‘rtamiyona bo‘lma”, degan gapni ko‘p aytardi, — deydi Farruh Zokirov. 

    Xonanda bolaligida romantik bo‘lgani, shuning uchun maktabdan haydalishiga bir bahya qolgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Skrin

    — Bolalikda haqiqatan ham romantik edim. Maktabda qizlarga xat yozish bo‘yicha eng ustasi farangi bo‘lganman. Bir kuni sinfdoshim yoqtirgan qiziga xat yozib berishimni iltimos qildi. Husnixatim chiroyli bo‘lgani uchun iltimoslar juda ko‘p bo‘lardi. Matematika darsida xat yozib o‘tirsam o‘qituvchimiz bilib qolgan. Kinolarda shunday vaziyatlarda qog‘ozni og‘ziga solib olishlarini ko‘rgandim. Men ham xatni og‘zimga solib olganman. Shunda o‘qituvchining jahli chiqib, “Maktabdan haydayman”, deb qo‘rqitgandi. Ammo ertasi kuni bu shunchaki qo‘rqitish uchun bahona bo‘lganini tushunganman. Lekin bu xatoni ortiq takrorlamaganman, — deydi xonanda Farruh Zokirov.

    Xonanda akasi Botir Zokirov sog‘ligidan ko‘p pand yegani haqida so‘zlab berdi. 

    Foto: Skrin

    — Akam bir necha marta jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan. Yechinganida tanasidagi chandiqlarni ko‘rib, hayron qolardim. Akam bitta o‘pka bilan yashardi. Sog‘lig‘i joyida bo‘lmasa ham undan shikoyat qilmasdi. 1984-yil dekabr oyida yana ahvollari yomonlashib qoldi. O‘sha paytda qaysidir bayramga tayyorgarlik ko‘rilayotgandi. Akam kasalxonada davolanayotgan bo‘lishiga qaramay, har kuni repetisiya jarayonlarida ishtirok etardi. Shu qadar san’atga fidoyi inson ediki, sog‘lig‘idagi muammolar unga to‘sqinlik qilolmasdi, — deydi xonanda Farruh Zokirov.

    Hozirgi kunda ko‘pchilik Farruh Zokirovni “Yalla” ansamblisiz tasavvur etolmaydi. Ammo xonanda ijodni ansambldan ancha erta boshlagan. 

    Foto: Instagram

    — 1966-yildan havaskorlik dastalarida ijod qilishni boshlaganman. Oradan uch yil o‘tib, san’at instituti qoshida tashkil etilgan havaskorlik ansambliga taklif etishdi. U ansamblga keyinroq “Yalla” nomi berildi. Ayrimlarning aytishicha, “Yalla” so‘zi “Yo rab” so‘zidan olingan deyishadi. Ammo rejissor Aleksandr Moslikov “Qizbola” nomli qo‘shig‘imizni eshitib, shu nomni tanlab bergandi. Chunki qo‘shiqda “Qiz bola yalla yallonoma” degan misralar bor edi.

    “Yalla” ansambli faoliyatini boshlagan ilk yillardayoq mashhurlik cho‘qqisiga erishdi. Uning qo‘shiqlarini nafaqat O‘zbekistonda, balki xorij davlatlarida ham sevib tinglashardi. Farruh Zokirovning hamkasbi Nargiza Boyhonova bilan oila qurishi ham ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Ularga ko‘pchilik havas ko‘z bilan qarardi. Afsuski, ijodkorlarga oilaviy baxt nasib etmadi.

     Foto: Instagram / @farrukhkarimovichzokirov   

    — “Yalla” guruhiga ayollar qabul qilinishiga avvaldan qarshi bo‘lganman. Chunki ayol kishi bilan ijodda hamkorlik qilishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor, deb hisoblardim. Onam rahmatli juda ko‘p qizlarga og‘iz solgan. Ammo taqdir buyurgani bo‘lar ekan. Har bir insonning o‘ziga yarasha fe’l-atvori bo‘larkan. Nargiza Boyhonova bilan kelisholmay, ajrashdik. Ammo bir daqiqa bo‘lsa-da, o‘g‘limga bo‘lgan munosabatim o‘zgargani yo‘q. Har doim ham yonida bo‘lolmasam-da, hamisha hayolim unda bo‘lgan. Har tomonlama qo‘llab quvvatlashga harakat qilganman. Ammo o‘rtamizda tushunmovchiliklar ham bo‘lgan. O‘g‘lim borligidan va u sabab uchta qiz nabirali bo‘lganimdan xursandman, — deydi Farruh Zokirov.

    Xonanda Nargiza Boyhonova bilan ajrashgach, Anna ismli ayol bilan oila qurdi. Farruh Zokirov rus ayoli bilan qanday tanishgani va uning qaysi jihatlarini hurmat qilishi haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @farrukhkarimovichzokirov   

    — Anna bilan tasodifan tanishganmiz. O‘rtamizda qandaydir iliqlik sezganimizdan keyin uchrashib turardik. Rus bo‘lishiga qaramay, ijodimga befarq emasdi. Bir kuni “G‘ayra-g‘ayra” qo‘shig‘imni ijro etib, u haqida juda iliq fikrlarni aytgan. Ana shundan keyin unga oila qurishni taklif qilganman. Chunki turmushda bir-birini tushunib yashash juda muhim. 

    Uydagilar nima deyishar ekan, degan ikkilanish bo‘lgan. O‘shanda onam Luiza opamning uyida edi. Oldilariga borib, Anna haqida aytganimda. “Bolam millatining ahamiyati yo‘q, muhimi ko‘zi to‘q bo‘lsin”, degandi. Xullas yaqinlarimning roziligi bilan oila qurganmiz. 35 yildan buyon birgamiz va haligacha bir-birimizni hurmat qilib, siz deb muomla qilamiz, — deydi Farruh Zokirov.

    Foto: Instagram / @farrukhkarimovichzokirov

    Farruh Zokirov 70 yoshni qarshilagan yili jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Shundan so‘ng biroz sog‘lig‘i yomonlashdi. Hozirgi kunda yoshiga nisbatan ancha tetik. U shu yoshida ham to‘y xizmatlarida faol. Eng qizig‘i, san’atkor ba’zi yoshlardan farqli o‘laroq hanuz jonli ijroda kuylaydi.

    19.04.2023, 14:42   Izoh (0)   37351
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Standartlar uchun tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishdan bosh tortgan mashhur ayollar (foto)

    19.04.2023, 10:30

    Instagram: Farzand kutayotgan Nargiza Salmonova, 47 ming dollarlik mashina olgan Malika Ravshanova, Ra’no Yarashevanikida hovli to‘yi

    18.04.2023, 22:50

    Tanilishidan avval umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ishlagan mashhur insonlar (foto)

    18.04.2023, 17:35

    Saroylardan kamtarona kvartiralargacha: xorijiy davlatlarning prezident va bosh vazirlari qanday uylarda yashaydi?

    18.04.2023, 11:56

    Otasiz o‘sgan tortinchoq qizchadan muvaffaqiyatli biznesvumenlikkacha: Shahzoda Muhammedova 32 yoshni qarshiladi (foto)

    18.04.2023, 10:36

    Instagram:  Zohid Risqiyev hayotidagi quvonchli kun, Saida Rametova umra safarida, Munisa Rizayevaga uylanmoqchi bo‘lgan Liil Xurramov 

    17.04.2023, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.