• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Otasiz o‘sgan tortinchoq qizchadan muvaffaqiyatli biznesvumenlikkacha: Shahzoda Muhammedova 32 yoshni qarshiladi (foto)

    Aktrisa, boshlovchi va mahoratli dizayner Shahzoda Muhammedova 32 yoshni qarshiladi. Dadasidan erta ayrilgan, onasi bilan ko‘plab nizolarga borgan aktrisa qarshiliklar evaziga san’atkor bo‘lgani va turmush o‘rtog‘i sabab filmlarda suratga tushmayotganini ko‘pchilik bilmasa kerak. 

    Foto: Instagram

    Shahzoda Muhammedova o‘ziga to‘q tadbirkor va huquqshunoslar oilasida dunyoga kelgan. Oilada yolg‘iz qiz farzand bo‘lishiga qaramay, bolalikdan ma’lum cheklov va ishonchsizlik ta’sirida ulg‘aygan. Otasining erta vafoti esa uning kelajakka bo‘lgan umidlarini yanada so‘ndirgan.

    Foto: Instagram

    — Otam vafot etganida 13 yoshda edim. U mudhish avtohalokatga uchragan, undan keyin bir muddat davolandi. Ammo davolanishlar samara bermay, bu hayotni juda erta tark etdi. Dadam prokuror va tadbirkor bo‘lgan. Ayrimlar avtohalokat atayin uyushtirilgan deyishadi. Dadamning bevaqt o‘limi hayotimizdagi eng katta fojia bo‘lgan. Bolaligim baxtli o‘tgan deyolmayman. Chunki u vaqtda oila a’zolarim tomonidan qiz bola deb ko‘p ishonchsizlik bildirishgan. Ukamga bo‘lgan munosabat boshqacha edi. Shuning uchun ham bolalikdan o‘zim harakat qilishga va atrofdagilarga nimalarnidir isbotlashga uringanman. Odatda qizlar ota uyi va oila a’zolariga o‘rganib, to‘y kuni xayrlashayotganida yig‘laydi. Mening esa to‘yim kuni ko‘zlarimga umuman yosh kelmagan, — deydi aktrisa Shahzoda Muhammedova.

    Aktrisa bolalikdan tikish-bichishga qiziqqan. U ilk daromadini ham aynan shu sohadan olgan. 

    Foto: Instagram

    — Ilk daromadimni 14 yoshda qo‘lga kiritganman. O‘shanda yon qo‘shnimizga chizgan eskizim yoqib, “Shu asosida ko‘ylak tikib bera olasanmi?”, degan. Qo‘rqmasdan ha deganman va ko‘ylakni tikkanman. Aniq esimda, ko‘ylak uchun 70 ming so‘m olgandim, — deydi aktrisa Shahzoda Muhammedova.

    Shahzoda Muhammedovaning aktrisa bo‘lishiga qaysidir ma’noda ukasi sababchi bo‘lgan. Chunki onasi Gulmira Muhammedova o‘g‘lini aktyor bo‘lishini orzu qiladi. Ammo o‘g‘li emas, qizi san’at sohasini egallaydi. 

    Foto: Instagram / @shaxzoda_muxammedova

    — Birinchi bo‘lib kinostudiyaga 16 yoshida o‘g‘limni olib bordim. Uning Murod Rajabovdek aktyor bo‘lishini istadim. O‘shanda Shahzoda “Men ham boray, studiyani bitta ko‘ray”, deb iltimos qilgandi. Lekin har doim ham o‘ylagan narsang bo‘lavermas ekan. O‘g‘lim qolib, rejissor qizimni tanladi. Men yakka-yu yagona kelinman, qizim oilamizda yakka-yu yagona qiz nevara. Men orqamda turgan qaynona-qaynotamdan qanday dakki eshitishimni bilsam-da, qizimning kinoda rol o‘ynashiga ruxsat berdim. ‘Omad’ filmidan taklif bo‘lganida o‘ylab ham o‘tirmasdan rozilik bildirdim, chunki ssenariyda qizimning fe’l-atvori yozilgan edi. Kichik rollardan boshlab, qanday qilib kino sohasiga kirib ketganimizni bilmay qoldik, — deydi aktrisaning onasi Gulmira Muhammedova.

    Ko‘pchilik aktrisa ilk rolini “Tundan tonggacha” filmida ijro etgan deb biladi. Ammo u ukasi suratga tushgan “Omad” filmida kichik epizod rolda ko‘rinish bergan. To‘g‘rirog‘i, rejissordan biror rol ijro etishga ruxsat berishini so‘ragan. Film katta ekrnalarga chiqqan, ammo bu haqida uning buvisiga aytishmagan. Shundan so‘ng uni “Tundan tonggacha” filmi kastingiga taklif etishgan.

    Foto: Skrin

    — Avvaliga onam bu rolni ijro etishimga jiddiy qarshilik qilgan. Qiz bola homilador kelinchak rolini o‘ynasa, odamlar har xil tushunadi, deb o‘ylagan. Ammo kinoijodkorlar “Qizingizni olib keling, ko‘raylik” deyaverishganidan keyin kastingga olib borgan. Studiyadagi katta doskaga ilingan mashhur san’atkorlarning suratini ko‘rib, rolga bo‘lgan munosabatimiz o‘zgargan, — deydi Shahzoda Muhammedova.

    Kelinchak roliga Sevinch Mo‘minova, Dilnoza Kubayeva va Madina Mumtoz ham kasting topshirgan. Kasting jarayonlari naqd 3 oy davom etadi, Shahzoda Muhammedova esa roldan butunlay umid uzadi.

    — Alisher Uzoqovning portnyor ekanligi katta qiziqish uyg‘otgan. Chunki bu aktyorning ijodini avvaldan kuzatib borardim. Ammo kasting jarayonlari juda uzoq davom etgan. Avvaliga 15 ta aktrisa sinovdan o‘tkazilgan, ularning 8 tasi videosinovga tushgan. Xullas, 3 oy davom etgan sinovlardan keyin ikkita nomzod qolgan va ular Sevinch Mo‘minova va men ekanligimni aytishdi. Sevinch juda mashhur xonanda, uning ustiga u paytda rol ijrochilarining sauntrek ijro etishi urfga aylangan paytlar edi. Shu bois, bu rol aniq xonandaga beriladi, deb o‘ylagandik, — deydi Shahzoda Muhammedrova. 

    Aktrisaning ilk katta rolini o‘ynashi va undan keyingi voqealar juda qiziq kechgan. Ya’ni u onasi bilan “til biriktirib” syomkalarga borib kelgan, bundan buvisi va bobosining xabari bo‘lmagan. Film premyerasidan so‘ng ular xabar topishib, ikki yilga yaqin nabiralari bilan gaplashishmagan.

    Foto: Instagram / @shaxzoda_muxammedova

    — Bobom va buvim qat’iyatli, aytganini qiladigan insonlar bo‘lishgan. Hatto, ular dizayner bo‘lishimga ham qarshi bo‘lishgandi. “Brodveyda rasm chizib o‘tirasanmi, kerak emas bu ish”, deyishgan. “Tundan tonggacha” filmida suratga tushayotganimni ham aytmaganmiz. Qarshi bo‘lishlarini aniq bilardik. Shu bois u bu narsani bahona qilib, syomkalarga borib kelganmiz. Film premyera bo‘lganidan so‘ng qattiq ranjishgan. Hatto ikki yilcha salomimga alik olishmagan. Aslida oilada bittagina qiz nabiraman. Tarbiyamga qattiq qarashgani va aytganlarini qilmaganim uchun mendan ranjishgan, — deydi aktrisa Shahzoda Muhammedova.

    Shahzoda Muhammedova Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro turizm fakultetida tahsil olgan.

    Foto: Instagram / @shaxzoda_muxammedova

    — Faoliyatim rang-barang. Hammasiga qiziqaman va bu borada oz bo‘lsada tajribam bor. Iqtisod bo‘yicha o‘qiganim tadbirkorlik faoliyatimni yo‘lga qo‘yishimga yordam bergan, — deydi aktrisa.

    Aktrisa xonandalikka ham qo‘l urgan. “Sensiz” nomli qo‘shig‘iga klip suratga olib, televideniyelarda “aylantirgan”. Ammo uning xonanda bo‘lishiga jiddiy qarshiliklar bo‘lgan. 

    — Xonanda bo‘lishni juda orzu qilganman. Ham dizayner, ham xonanda bo‘laman, degan orzu bolalikdan bo‘lgan menda. Kino sohasida ishlashni umuman orzu qilmagan ekanman. Dizaynerlik sohasini o‘qib tugatdim, uydagilarimning istagiga ko‘ra Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini ham bitirdim. Oliy ma’lumotliman, lekin nimadir yetishmayapti menga. Musiqani juda ham yaxshi ko‘raman. Hattoki uyimda fortepianom bor. Bolalikdan chalganman, Dubayga borganimda o‘zimga gitara sotib olganman. Musiqaning hayotimga boshqacha ta’siri bor edi. Keyin ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha konservatoriyada o‘qiyman, deb bordim. Ne-ne umidlar bilan borib Dilorom Omonullayeva degan insonga uchrab turibmanku. Mana shu yeri yomon bo‘lgan. U ayol menga shunaqangi yomon munosabatda bo‘lganki, musiqa san’atiga bo‘lgan mehrimni so‘ndirib yuborgan. O‘sha ayol sababli shu o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqim so‘nib qolgan. Keyin bilsam, u ayol juda ko‘pchilikka ta’lim bergan professor ekan. Lekin ko‘plab estrada xonandalarining dilini og‘ritib, ko‘pchilikka zarba bergan, ko‘nglini qoldirgan ustozlardan biri ekan. Men ularni yomonlamoqchi emasman. Ijodlarini hurmat qilamiz. Umrlari uzoq bo‘lsin, — deydi Shahzoda Muhammedova.





    Foto: Instagram / @shaxzoda_muxammedova

    Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova ko‘p yillardan buyon avtomobil boshqaradi. U ko‘p marta shoshqaloqligi sabab tezlikni oshirgani uchun ogohlantirish olgani va jarima to‘laganligini aytgan. Bir necha yil avval esa jiddiy yo‘l-transport hodisasiga uchragan. O‘shanda u tungi soat 03:00 da suratga olish maydonchasidan qaytayotgan bo‘lgan. O‘sha paytdagi Nexia avtomobili tanib bo‘lmas darajaga kelganligi haqida OAVda ma’lum qilingandi. Yaxshiki, aktrisaga u qadar jiddiy jarohat yetmagan.

    Aktrisa asli qashqadaryolik bo‘lgan tadbirkor Marat Hamdamov bilan oila qurgan. Hozirda ularning Milana ismli qizi bor. Tadbirkor Toshkentda o‘tgan shov-shuvli to‘yi 65 ming AQSH dollariga tushgani haqida so‘zlab bergan. 

    Foto: Instagram

    — Aslida to‘yimiz bahorda bo‘lishi kerak edi. Lekin o‘sha paytda qo‘limda naqd pulim bo‘lmagan. O‘shanda ishlarim orqaga ketib, yuklarim chegarada qolib ketgan. Shuning uchun to‘yni kuzga qoldirganman. Lekin to‘yim bo‘ladigan noyabrdan uch oy oldin ham qo‘limda naqd pul yo‘q edi. To‘yning 60 ming dollardan ko‘proqqa tushishi hisoblangan. Shahzodaga aytganman, lekin pulim yo‘qligini bilsa, meni tashlab ketadi, deb o‘ylaganman. U sinash uchunmi, to‘ydan oldin menga juda katta shartlar qo‘ygan. Keyin mo‘jiza yuz bergan, birdaniga uchta loyiha buyurtmasi tushgan va avans ko‘rinishida roppa-rosa 65 ming dollar berishgan. Shunday qilib, O‘zbekistonga kelib, to‘yni o‘tkazib, ertasi kuni yana Rossiyaga uchib ketganmiz. O‘shanda asal oyi uchun Dubayga chipta olingan edi, lekin ishim ko‘pligi uchun Dubay sayohatini bekor qilib, Moskvaga ketishga to‘g‘ri kelgan, — deydi Marat.

    Shahzoda Muhammedova turmush o‘rtog‘ining talabiga ko‘ra ijoddan biroz chekingani va uning rashkchiligi sabab ko‘plab rollarni rad etgani haqida so‘zlab bergan.

    Foto: Instagram / @shaxzoda_muxammedova

    — Turmush o‘rtog‘im ko‘proq boshlovchi bo‘lishimni istaydi. Negadir keyingi paytlarda rol ijro etishimni umuman istamayapti. Buning boisi aktyorlardan qizg‘onadi, o‘ta rashkchi inson. Unga qolsa hech kimni sevmaydigan yoki turmush o‘rtog‘i bo‘lmagan ayol rollarini ijro etishim kerak. Takliflar juda ko‘p bo‘ladi. Oilam tinchligini o‘ylab, ularni rad etaman, — deydi aktrisa. 

    Foto: Instagram / @shaxzoda_muxammedova

    Bundan tashqari, Shahzoda Muhammedova asosiy daromadni dizaynerlik yoki aktrisalik faoliyatidan emas, balki Instagram’dagi reklamalar orqali olishini ma’lum qilgan. Aktrisa sahifasiga kam reklama joylaydi, shunga yarasha ularning narxi ham juda qimmat.

    18.04.2023, 10:36   Izoh (0)   33981
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram:  Zohid Risqiyev hayotidagi quvonchli kun, Saida Rametova umra safarida, Munisa Rizayevaga uylanmoqchi bo‘lgan Liil Xurramov 

    17.04.2023, 22:15

    Nohaq tanqid qilinadigan Gollivud yulduzlari — aslida esa ular bunday negativlarga loyiq emas 

    17.04.2023, 19:37

    Bir marta kiygan poyabzalini ikkinchi marta kiymaydi: Hindistondagi eng boy odamning rafiqasi qanday hayot kechiradi?

    17.04.2023, 17:40

    “Garri Potter” filmida Dadli Dursl rolini ijro etgan aktyor hozir qanday ko‘rinishga ega? (foto)

    17.04.2023, 14:40

    Alsgeymer tashxisi qo‘yilgan Gollivud aktyori Jek Nikolson 1,5 yildan so‘ng ilk bor ko‘rinish berdi

    17.04.2023, 12:35

    “Muhtasham yuz yil”da Mehrimohning bolaligini gavdalantirgan aktrisa hozir qanday ko‘rinishga ega va nimalar bilan band?

    17.04.2023, 09:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ummonda tutqunlikda saqlangan ayol bolalari bilan O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:24

    O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududga chigirtka tarqalgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:15

    Rossiya ukrainaliklarga yordam bergan faolni 22 yilga ozodlikdan mahrum qildi

    Dunyo | 20 iyun, 17:07

    Endokrinolog B guruhi vitaminlari onkologiya xavfini oshirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

    Maslahatlar | 20 iyun, 16:59

    Kitob tumani hokimining mahalladagi yordamchisi o‘ldirildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:56

    UNICEF: G‘azoda suv tizimlari ishdan chiqib, sun’iy qurg‘oqchilik yuzaga kelgan

    Dunyo | 20 iyun, 16:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.