Janubiy Koreyaning Blackpink guruhi YouTube’da videolari eng ko‘p ko‘rilgan guruh sifatida jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.
Blackpink guruhi kanalidagi barcha taronalar hozirga qadar 30,3 milliard marta tinglangan. Bu guruhning kanalini YouTube’dagi eng ko‘p ko‘rilgan musiqiy kanalga aylantirdi.
Ginnes rekordlari kitobi ushbu turkumdagi maʼlumotlarni oxirgi marta 2018-yilda yangilagan. O‘sha paytda rekordchi Amerikaning Maroon 5 pop-rok guruhi bo‘lib, ular ijrosidagi taronalar to‘qqiz milliard marta tomosha qilingan.
Masalan, Blackpink guruhining 2018-yil iyun oyida chiqarilgan Ddu-Du Ddu-Du taronasiga ishlangan klip ikki milliarddan ortiq ko‘rilgan.
Bu Blackpink guruhining birinchi jahon rekordi emas. Avvalroq 2016-yilda tashkil etilgan musiqiy guruh YouTube kanalida eng ko‘p obunachilar soni (86,9 million foydalanuvchi) bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi.
Bundan tashqari, Blackpink Buyuk Britaniya va AQSHda albom jadvallarida birinchi o‘rinni egallagan birinchi ayollardan tashkil topgan K-pop guruhiga aylandi. Mart oyida esa Blackpink 8,8 milliarddan ortiq tinglashlar soni bo‘yicha Spotify’da eng ko‘p translatsiya qilingan qizlar guruhiga aylandi.
Izoh (0)